TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5655 19.7K
#operatsion_tizim

🇬🇧|🇷🇺 Windows'ning ingliz tilida o‘rnatilgan versiyasida dastur va fayllar tarkibidagi ruscha shriftlarni o‘qiladigan qilish

❓Murojaat/savol:

Assalomu alaykum, hurmatli adminlar!

Menda Windows 7 Ultimate operatsion tizimining inglizcha versiyasi o‘rnatilgan. Biroq bir muammo mavjud, rus dasturchilari tomonidan yaratilgan dasturlarni o‘rnatishga yoki qandaydir rus tilidagi fayllarni ochishga uringanimda, shriftlarning odatiy ko‘rinishidan farqli ravishda, tizim tushunarsiz belgilarni ko‘rsatmoqda.

Bunda matn kiritish tillari orasida rus tili mavjud va ruscha harflarni kiritish bilan bog‘liq muammo yo‘q. Elektron pochta orqali keluvchi xatlarning o‘qilishida ham hammasi joyida. Yuqorida keltirilgan muammoni qanday bartaraf etish borasida biror yo‘l-yo‘rig‘i bo‘lsa, iltimos ulashsangiz, oldindan rahmat!

✅ Javob:

Vaalaykum assalom, muammoingizni tushundik va quyidagi ketma-ketlik bo‘ylab o‘tib, tizimni o‘zingiz uchun sozlab olishingizni tavsiya etamiz (buning uchun sizda tizimdan administrator sifatida foydalanish huquqi bo‘lishi lozim):

1️⃣. Start (Пуск) menyusini oching va unda Control Panel (Панель управления)'ni ishga tushiring (WIN+R → control → ENTER).

2️⃣. Viewed by: Category (Просмотр: Категория) ro‘yxatini ochib (oynaning yuqori o‘ng burchagida joylashgan) → Small icons (Мелкие значки)'ga o‘zgartiriladi.

3️⃣. Control Panel (Панель управления) oynasida Region and Language (Язык и региональные стандарты) bandiga o‘ting.

4️⃣. Ochilgan muloqot oynasining (👇🏻 post ostidagi rasmda keltirilgan) Administrative (Дополнительно) varaqa (вкладка)siga o‘ting va Language for non-Unicode programs (Язык программ, не поддерживающих Юникод) bo‘limida Change system locale... (Изменить язык системы...) tugmasi ustiga bosib, ochilgan oynachadagi ro‘yxatdan Russian (Russia) (Русский (Россия))'ni tanlang.

5️⃣. Kiritilgan sozlamadan so‘ng tizimni qayta yuklash so‘raladi, bunga rozilik berasiz va muammoingiz hal bo‘lganini tekshirish uchun biror fayl yoki dasturni ochib tekshirasiz.

E’tiboringiz uchun rahmat, bergan tavsiyamiz sizga foydali bo‘ldi, degan umiddamiz.

📌 P.S.: Post ostida biriktirilgan rasmdagi Region muloqot oynasi Windows 10 Pro operatsion tizimiga tegishli, yuqorida keltirilgan tavsiya Windows 8, 8.1 va 10 uchun ham o‘rinli.

ℹ️
Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →