TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5651 5.02K
#smartfon #android #security

🕸 Josuslikdan himoyalanamiz: Android'dagi ilovalarga kameradan foydalanishni taqiqlash

Android'dagi ba’zi ilovalar, umuman foydalanmasa-da – kameradan foydalanishga ruxsat so‘raydi. Agar bu kamerasiz uddalab bo‘lmaydigan, shartli Pokemon GO bo‘lmasa — u holda ilova uchun bunday ruxsat nima uchun berilishi kerakligi haqida o‘ylab ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Foydalanishni umuman olganda cheklab qo‘ygan ma’qul.

📋 Buni amalga oshirish tartibi:

1️⃣. Camera Block ilovasini yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.

2️⃣. Qulfcha belgisi va “Камера разблокирована” (“Kamera blokdan chiqarilgan”) yozuvini ko‘ramiz. Bizning maqsadimiz esa — aynan bloklashdir, buning uchun qulfcha belgisi ustiga bosamiz.

3️⃣. Ilova qurilmani boshqarish uchun ruxsat so‘raydi. Rozilik beramiz: faqat shundagina Camera Block boshqa ilovalarni cheklashi mumkin bo‘ladi.

4️⃣. Tayyor! Biroq bir kichik muammo bor: kamera hattoki o‘z ilova uchun ham nofaol bo‘lib qoladi. Buni to‘g‘rilash uchun sozlamalarga o‘tamiz va “Отключить камеру” qarshisidagi qushcha belgisini olib tashlaymiz. “Приложения с разрешением камеры” varaqa (вкладка)sida esa ilovalarning kameradan foydalanishini nazorat qilishingiz mumkin.

Shuningdek kamerani qo‘shimcha ravishda parol yordamida himoyalash mumkin: kamera parametrlarida “Защита паролем” qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating va parolni ikki marta kiriting.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • ❤ 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  2. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  3. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  4. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  5. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  6. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →