TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5642 5.22K
#smartfon #android #internet #hardware

👁 Smartfonni veb-kameraga aylantiramiz

Foydali layfxak: yangi qurilma xarid qilib o‘tirmay — smartfonni kompyuter uchun veb-kameraga aylantirish mumkin. Bu noutbuk bilan birga keluvchi veb-kamera kuchsizroq, uning yonida esa eski va keraksiz Android bo‘lgan taqdirda foyda berishi mumkin.

Buning amalga oshirilish tartibi:

1️⃣. DroidCam ilovasini yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz. Asosiy ma’lumot keltirilgan ekran paydo bo‘ladi va kamera avtomatik ravishda faollashadi: siz veb-kameraning lokal tarmoqdagi manzilini ko‘rasiz. MUHIM: kompyuter ham, telefon ham bitta tarmoqqa ulangan bo‘lishi lozim.

2️⃣. Endi kompyuterga rasmiy saytdan DroidCam Client ilovasini yuklab olamiz va o‘rnatamiz.

3️⃣. Ilovani ishga tushiramiz va telefonda ko‘rsatilgan IP-manzilni ko‘rsatamiz. Agarda nafaqat video, balki ovozni ham uzatish lozim bo‘lsa. xohishga ko‘ra “Audio” bandini belgilab ketishingiz mumkin. “Start” tugmasini bosing.

Ulanish muvaffaqiyatli amalga oshganidan so‘ng kompyuterda telefon kamerasidagi tasvir paydo bo‘ladi. Ushbu oynani pastga tushirib, veb-kamera qo‘llanishi kerak bo‘lgan istalgan dasturni ochishingiz mumkin. Agarda muammo yuzaga kelsa, dastur sozlamalariga o‘ting va asosiy kamera sifatida DroidCam'ni tanlang.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →