TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5606 10.9K
#operatsion_tizim

Fayllarning qaysi dasturga tegishliligini aniqlaymiz ☝🏻

Bizga noma’lum kengaytmali faylni ishga tushirishga uringanimizda, tizim uning ochilishi uchun bizga kompyuterdagi dasturni tanlashni tavsiya etadi. Muayyan turdagi fayllarning o‘zlariga tegishli dastur bilan uzviy aloqasini ta’minlanishi uchun, noma’lum kengaytmalar HKEY_CLASSES_ROOT reyestr bo‘limida yozilishi lozim. Xo‘sh, noma’lum kengaytmali faylni nima bilan ochish mumkinligini qanday aniqlash mumkin?

Buning uchun FileInfo dasturidan foydalanish mumkin. Dastur kompyuterga o‘rnatilganidan so‘ng, fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosganimizda ochiluvchi kontekstli menyuda Открыть с помощью FileInfo menyu bandi paydo bo‘ladi. Noma’lum fayl dastur oynasida ochilganida kengaytmalar va faylni ochishi mumkin bo‘lgan dasturlar haqida ma’lumot paydo bo‘ladi.

📥 Dasturni yuklab olish uchun manba: https://www.file-info.ru/

📌 P.S.: Ilovaning o‘zi bepul, biroq o‘rnatgich tarkibiga boshqa dasturning reklamasi biriktirib ketilgan. Shunday ekan, o‘rnatish paytida e’tiborliroq bo‘ling – reklama takliflarini rad eting.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
•
Dasturlarning eski versiyalari portali
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →