Vazifalar panelida ishga tushurilgan dasturlar belgilariga tegishli yozuvlarni chiqarish/berkitish 🔤👀
Windows 10'da qoida bo‘yicha ishga tushirilgan dasturlar va ochilgan kataloglarga tegishli belgilar (yozuvlarsiz) ko‘rinib turadi. Tizim sozlamalari orqali biz ochilib turgan dasturlar nomlarini ko‘rinib turadigan qilishimiz mumkin (yoki aksincha).
Buning uchun
WIN + I birikmasi orqali Параметры oynasini ekranga chaqiring. Персонализация - Панель задач ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting. Группировать кнопки на панели задач bo‘limida uch variantdan birini tanlash mumkin:1️⃣. Всегда скрывать метки - belgilarni yozuvlarisiz ko‘rsatish (qoida bo‘yicha tanlangan opsiya).
2️⃣. При переполнении панели задач - vazifalar paneli yorliqlar bilan to‘lgan taqdirda yozuvlarni berkitish (1-3 dastur ishga tushgan paytda yozuvlar ko‘rinib turadi).
3️⃣. Никогда - belgilarga tegishli yozuvlarni har doim ko‘rinadigan qilish.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija