TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5575 5.02K
#smartfon #android

❌ Android'dagi barcha bo‘sh papkalar va ortiqcha fayllarni o‘chirish

Har bir Android-ilovasi o‘rnatilganidan so‘ng o‘z tarkibiga fayllarni oluvchi papkalarni yaratadi. Biroq ilova o‘chirilgan paytda, ba’zi fayllar (vaqtinchalik fayllar, APK va boshqalar) papkalar ichida qolib ketib, telefon xotirasini band etib turishi mumkin. Agar sizning ichingizdagi perfeksionist smartfon ichini tartibga solmoqchi bo‘lsa — u holda LTE Cleaner ilovasidan foydalanishingiz mumkin.

Ortiqcha elementlardan xalos bo‘lish tartibi:

1️⃣. LTE Cleaner mobil ilovasini yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.
2️⃣. Oynaning pastki o‘ng burchagidagi Sozlamalar belgisi ⚙️ ustiga bosamiz va “Filters” bo‘limini izlab topamiz.
3️⃣. Ushbu bo‘limdagi har bir band qarshisiga qushcha belgisini o‘rnatib chiqamiz.
4️⃣. Asosiy ekranga qaytamiz va “Clean”, so‘ngra “Анализировать” (Analyze) tugmalari ustiga bosamiz.
5️⃣. Qidiruv jarayoni tugallanganidan so‘ng, yana “Clean”, so‘ngra “Удалить” (Delete) tugmalari ustiga bosamiz.

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →