TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5544 11.7K
#excel

🔤 Excel jadvali yacheykalari tarkibidagi matnlar orasidan ortiqcha probellarni olib tashlash

Matnlar orasidagi ortiqcha probel va chop etilmaydigan belgilar hayotimizni doim murakkablashtirib kelgan (negadir ko‘pchilikda ikki so‘z oralig‘ida kamida ikkita probel qoldirib ketish kasalligi bor 🥴). Bu sababli formulalar, saralashlar, yig‘ma jadvallar (сводные таблицы) va boshqalar noto‘g‘ri ishlashi mumkin. Bunday xatoliklarning oldini olish uchun, odatda СЖПРОБЕЛЫ (ortiqcha probellarni o‘chiradi) va ПЕЧСИМВ (chop etilmaydigan belgilarni o‘chiradi) funksiyalari qo‘llaniladi.

Xuddi shu funksiyalarni jadval yacheykalariga nisbatan shartli formatlash qoidasini yaratish uchun ham qo‘llash mumkin, u tarkibida ortiqcha belgilari mavjud bo‘lgan yacheykalarni ajratib ko‘rsatadi. Batafsil yuqoridagi videoda 👆🏻.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tavsiya etiladi:
• Ortiqcha probellarni qanday qilib tezkor o‘chirish mumkin?
• Ushbu rukndagi qolgan postlarimiz: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →