TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5520 5.22K
#smartfon #android #security

🔐 Smartfondagi ilovalarga parol o‘rnatish

Agar siz ko‘pincha telefonni biror kimga bersangiz yoki uni qarovsiz qoldirsangiz (ichida esa zaruriy ma’lumot bor deylik) — bundan sug‘urtalanish va oddiy bloklashning ustiga-ustak ilovani AppLock yordamida parollash mumkin.

📋 Buni amalga oshirish tartibi:

1️⃣. Ilovani smartfon/planshetga o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.

2️⃣. AppLock darhol istalgan parolni o‘rnatishni tavsiya etadi — bunga amal qilamiz. U nafaqat sonlar ko‘rinishida, balki grafik kalit ko‘rinishida bo‘lishi yoki smartfon ustiga barmoq bilan nechadir marotaba bosish (tapillatish) orqali amalga oshirilishi mumkin. Rejimlar ekranning pastki o‘ng burchagida bo‘ladi.

3️⃣. Ilovaga kerakli vositalarga murojaat etish huquqini beramiz.

4️⃣. Tayyor, qarshimizda ilovalari bloklangan va bloklanmaganiga bo‘linuvchi bosh menyu ochiladi. Ilovaga parol o‘rnatish uchun — uning qarshisidagi qulfcha belgisi ustiga bosing.

Endi, odatdagidek smartfon ekranidagi ilovaning belgisi ustiga bosganda va xattoki boshqa ilovaga vaqtinchalik o‘tib turgan bo‘lsangiz ham — parol kiritishga to‘g‘ri keladi.

📌 P.S.: Sozlamalarda "Шпионская камера" (josus kamera) rejimi mavjud: agar biror kim parolni 5 marotaba noto‘g‘ri kiritsa, kamera uni avtomatik ravishda suratga oladi.

📥 AppLock Premium v7.7.1
📥 AppLock Fingerprint Pro v7.9.2

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →