📁 Bir nechta papkani bir urinishda yaratish imkoniyati haqida bilasizmi?
Yangi papkani yaratish uchun kimdir sichqonchaning o‘ng tugmasini bosadi va menyudan Создать - Папку bandlarini tanlaydi. Yana kimdir esa
CTRL + SHIFT + N klavishlari birikmasidan foydalanadi. Hammasi yaxshikuya, biroq, masalan, 30 ta muayyan nomdagi papkani yaratish kerak bo‘lib qolsa, nima qilish kerak? 🤔Buning uchun Командная строка bizga yordamga keladi. Papkalar yaratilishi lozim bo‘lgan manzilga o‘ting va Проводник oynasining manzil satriga cmd buyrug‘ini kiritib
ENTER'ni bosing. Ushbu buyruq kerakli manzildagi konsol oynasini chaqiradi (cd papka_manzili buyrug‘iga o‘xshash).So‘ngra
md 1-papka 2-papka 3-papka buyrug‘ini ishga tushiring, bu yerda md ortidan yangi papkalarning barcha nomlari probel bilan ajratgan holda sanab o‘tiladi. Agar papka nomida probel mavjud bo‘lsa, u holda buyruqda uning nomini qo‘shtirnoqlar orasida ko‘rsating. Masalan, md 1-papka 2-papka "Yangi papka".🎞 Postga biriktirilgan video ko‘rsatma orqali batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin 👇🏻
📌 P.S.:
md (make directory)'ning o‘rniga mkdir'dan foydalanish ham mumkin, agarda yaratilgan papkalarning barchasini yana o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, unda buyruqni konsol oynasiga qayta joylashtirib, buyruqning boshidagi md (mkdir)'ni rd (rmdir, remove directory)ga o‘zgartirasiz va ENTER'ni bosasiz.ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz
• SHUTDOWN buyrug‘i
• Windows brandmaueri yordamida kompyuterda saytga kirishni bloklash
• Wi-Fi tarmog‘i signalini tekshirish
• Kompyuterga o‘rnatilgan dasturlar ro‘yxatini tezkor hosil qilish
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija