TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5439 7.95K
#mulohaza_uchun

Xitoy maqollari 🇨🇳💭

— Boshqalarga ta’na qilgandek o‘zingga ta’na qil, o‘zingni kechirganing kabi boshqalarni kechir.

— Muvaffaqiyatsizlik insonga ko‘p narsalarni o‘rgatadi.

— Bir onlik g‘azabingni bossang, yuz kun xotirjam yashaysan.

— Sulton — qayiq, xalq suv: xohlasa suzdiradi, istasa cho‘ktiradi.

— O‘qib turib fikr qilmaslik — ahmoqlik, fikr qilib o‘qimaslik — fojia.

— Insonning xohishlari osmondan yuqori: imperator bo‘lganidan keyin abadiy yashashni orzu qiladi.

— Tog‘larga chiqmagan uzoqlarni ko‘rolmas.

— Erkalatilgan bola tarbiyasiz bo‘ladi, erkalatilgan it — gapuqmas.

— Kuniga bir siqim donni tejasang, o‘n yildan so‘ng ot olasan.

— Ko‘zingni tezroq och, og‘zingni — sekin.

— Odamni ursang — yuziga urma, so‘ksang — jismoniy nuqsonlaridan kulma.

— Har qanday ishni uch marta o‘ylab boshlash kerak.

— Odam bilan odam kabi, shaytonni ko‘rsa shaytonchasiga gaplashadi (ikkiyuzlamachi kishi haqida).

— Agar belingda yuz ming tanga bo‘lsa, Yanchjouga laylakda uchib borasan.

— Agar tog‘da yo‘lbars bo‘lmasa, it o‘zini qirol deb e’lon qiladi.

— Eng baland minora ham yerdan boshlanadi.

— To‘g‘ri so‘z quloqqa yoqmaydi, ammo to‘g‘ri ish qilishga yordam beradi.

— Yo‘ldan adashsang, orqaga qaytish mumkin, tildan adashsang — yo‘l yo‘q.

— Inson hayotining oxiri bor, ilmniki — yo‘q.

— Har kuni bir tangadan jamg‘arsang, uch yilda ming tangali bo‘lasan.

— Bolangga bir sandiq oltin qoldirgandan unga ta’lim bergan afzal.

— Kitob o‘qishdan ortiq huzur yo‘q, bolalarga ta’lim berishdan afzal yumush yo‘q.

— O‘rganish — oqimga qarshi suzish, bir daqiqa to‘xtasang orqaga oqizib ketadi.

📝 Manba: @liderlar1

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →