TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5364 12.6K
#mulohaza_uchun #dasturlash

Dasturchi uchun Time Management kerakmi? ⏰🤔

Dasturchi uchun, umuman olganda har bir inson uchun Time Management muhim ya’ni o‘z vaqtingizni taqsimlash, boshqarish.

Har birimizda 24 soat vaqt bor va bu vaqtni har bir inson turlicha sarflashadi, kimdir o‘qish uchun, boshqa kimdir esa o‘yin uchun! Shunda ham vaqtim yo‘q, vaqtim yetmayapdi deb nolib qo‘yamiz.

❗️Avvalo ishlaringizni rejalashtiring va ularni birinchi bo‘lib o‘z yon daftar (bloknot)ingizga yozib chiqing. Ishlaringizni muhim va muhim bo‘lmagan toifalarga ajratib oling.

Sababi bloknotda ishlaringizni yozganingizda, u ishlaringizni xotirangizda qoladi va ularni bajarishga tezroq intilasiz.

✅ Keyin esa bloknotingizga yozilgan rejalaringizni esa biron-bir dasturga yozib qo‘ying, masalan Trello, Notion. Men har doim Trello'dan foydalanaman.

🧰 Ishni boshlashingizdan avval Pomodoro dasturiga rejalaringizni kiritib, vaqtni 25 daqiqaga qo‘yasiz va vaqtni ishga tushurib ishingizni boshlaysiz. Pomodoro dasturida siz 25 daqiqa ishlab, 5 daqiqa dam olasiz. Bu borada pomofocus.io saytidan foydalanishni tavsiya beraman!

📌 P.S.:👆“Yuqorida ko‘rsatib bergan usullarimdan foydalanib ko‘ring. Bu usuldan 1 haftadan beri foydalanib kelmoqdaman va natijalarim hozirda yaxshi.” – Javohir Hakimov, Frontend-dasturchi.

📝 Manba: @javohir_group

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →