TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5336 8.32K
#operatsion_tizim

Windows 10'da muvofiqlik rejimi (Режим совместимости) 🖥

Windows'dagi muvofiqlik rejimi operatsion tizimning oldingi versiyalarida ishlagan dasturlarni ishga tushirish imkonini beradi. Agar eski dastur Windows 10'da ishlashdan bosh tortsa, unda tizim bilan birga keluvchi muvofiqlik rejimidan foydalanib, muammoni hal qilishga urinib ko‘rish mumkin.

Buning uchun dasturni ishga tushiruvchi fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va Свойства menyu bandini tanlang. Ochilgan muloqot oynasida Совместимость varaqa (вкладка)siga o‘ting.

Запустить программу в режиме совместимости bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating va ochiluvchi ro‘yxatdan operatsion tizimning kerakli versiyasini tanlang. Shu bilan birga Выполнять эту программу от имени администратора bandi qarshisiga ham qushcha belgisini o‘rnatish mumkin. Применить -> OK tugmalari bosilib, kiritilgan o‘zgartirishlar saqlanadi.

⚠️ Shuni yodda tutingki, ayrim sabablarga ko‘ra muvofiqlik rejimi qo‘llanilgan ba’zi dasturlar shunda ham to‘g‘ri ishlamasligi mumkin. Tajribalarning ko‘rsatishicha, bu usul ko‘p holatlarda eski dasturlarni ishga tushirishda ko‘mak beradi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →