TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5334 8.4K
#operatsion_tizim #software

Dasturiy ta’minotni o‘rnatishda ortiqcha qushcha belgilarini avtomatik “olib tashlagich” 🛡💿

Agar siz shaxsiy kompyuterlarda dasturiy ta’minotlarni ko‘p o‘rnatsangiz yoki yangilasangiz, unda sizga asosiy dasturdan tashqari, o‘zi bilan birga kompyuteringizga, masalan, Amigo brauzerini zimdan "olib kelmoqchi" bo‘lgan o‘rnatgichlar ma’lum bo‘lsa kerak.

Unchecky — buning oldini olish uchun mo‘ljallangan dastur. Uni o‘rnating va ortiqcha checkbox'lar doim faolsizlantirilgan holatda bo‘ladi.

Unchecky oynasini ochish uchun, pastki o‘ng burchakda soat yonida joylashgan fondagi dasturlar orasidan uning belgisi ustiga bosing.

Ushbu oynada qaysi o‘rnatgichlarda qaysi qushcha belgilari olib tashlanganligini ko‘rish, istisnolar qo‘shish, bildirishnomalarni o‘chirish va hokazolarni amalga oshirish mumkin.

Postga biriktirilgan videoda uning “µTorrent” mijozi va boshqa dasturlarning o‘rnatilishi misolida qanday ishlashi ko‘rsatib o‘tilgan.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →