TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5310 9.68K
#smartfon #android #game

🤫 Android 10'dagi sirli o‘yinni qanday ochish mumkin?

Mana bir necha yildirki, Google o‘z operatsion tizimining turli versiyalarida sirli panelni yashirib keladi. Ushbu sirli paneldagi o‘yinga Android'ning 10-versiyasida qanday murojaat etish tartibi esa quyidagicha:

1️⃣. “Настройки”ga va undagi “О телефоне” bo‘limiga o‘ting.
2️⃣. So‘ngra “Версия Android” satriga tezkor ravishda bir necha marotaba bosing.
3️⃣. “Android 10” logotipi paydo bo‘ladi. 10 sonini “Q” harfi shaklida joylashtiring.

Logotipdagi “1” raqamini boshqarish uchun, uning ustiga ikki marta bosing, so‘ngra darhol ushlab turing, raqam aylanishni boshlaydi. Barchasini to‘g‘ri amalga oshirganingizni kulrang va oq chiziqlar harakatlanishni boshlaganidan bilib olasiz.

Shundan so‘ng ushbu sirli panelning ikkinchi qismi — Picross o‘yini paydo bo‘ladi. Bu chetda ko‘rsatilgan sonlarga mos tarzda maydondagi katakchalarni to‘ldirish bilan bog‘liq boshqotirmadir (yapon krossvordiga o‘xshab ketadi, ammo kataklarni to‘ldirish qoidasi farqlanadi).

Agar siz undagi jumboqqa yechim topsangiz — katta piksellar ko‘rinishidagi rasm va ostida uning miniatyura ko‘rinishi bilan birga tavsifi paydo bo‘ladi. Tavsif ustiga bosgan paytingizda o‘yinning keyingi bosqichi boshlanadi.

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →