TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5308 9.53K
#smartfon #maslahat #mulohaza_uchun

⏰ Smartfoningizdagi keraksiz bildirishnomalarni o‘chiring!

Assalomu alaykum, aziz do‘stlar! Balki siz buni sezmayotgandirsiz, biroq smartfoningizdagi bildirishnomalar sizni chalg‘itmoqda va qimmatli vaqtingizni shafqatsiz o‘g‘irlamoqda!

Ularni o‘chirib qo‘yishga qanday sabablar mavjud?

🔷 Statistikaga ko‘ra, dastlabki boshlab qo‘yilgan faoliyatga qaytish uchun insonga o‘rtacha 9,5 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi, biroq faoliyatga to‘liq qaytgani bilan, unga bo‘lgan e’tibor (konsentratsiya) taxminan 40%'ga pasayadi, miya o‘z fokusini yo‘qotadi.
🔷 Inson kun davomida bildirishnomalarga o‘rtacha 18 martadan ko‘proq chalg‘iydi, bunga misol tariqasida elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar va video-xostinglar bildirishnomalarini keltirish mumkin.
🔷 Bildirishnomalar havotir va qaramlikka sabab bo‘ladi: zamonaviy inson kamida olti daqiqada bir marta telefoniga chalg‘iydi.

Albatta, pozitiv bildirishnomalar ham bor – rivojlantiruvchi kanallar, muhim yangiliklar, oila va yaqin insonlar tomonidan qo‘ng‘iroqlar va xabarlar, biroq qolgan “axlat”lardan qanday xalos bo‘lish mumkin?

🔸 Asosiy qoida – shunchaki sizga hayotingizda ko‘maklashmaydigan bildirishnomalarni o‘chiring.
🔸 Kun davomida bildirishnomasi o‘chirib qo‘yilgan resurslarni tekshirish uchun vaqt ajrating. Ushbu tarzda bunday “uzilish”ga tezroq ko‘nikasiz, ha, foydasi tegishi mumkin bo‘lgan axborotni ham o‘tkazib yubormaysiz.
🔸 Smartfoningizdagi vibratsiyali va rangli bildirishnomalarni o‘chirib qo‘ying. Ular qo‘shimcha taktil va assotsiativ qaramlikni keltirib chiqaradi, bu esa bildirishnomalarga chalg‘ish odatidan xalos bo‘lishingizga xalaqit beradi.

🚀 Tez orada siz muhim bo‘lmagan bildirishnomalarga chalg‘imaslikka odatlanasiz, konsentratsiyangiz yaxshilanadi, o‘zingizni osuda va baxtli his etishni boshlaysiz. Endi sizning xotirjamligingiz va hayotingizga tashqi ta’sirlar bo‘lmaydi!

E'tiboringiz uchun rahmat! 🤝

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  2. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  3. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  4. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  5. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  6. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →