TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5300 19K
#operatsion_tizim

🖥 32 va 64 bitli Windows'lar o‘rtasidagi farq

Windows operatsion tizimi razryadligining ikki versiyasi mavjud: 32 bitli va 64 bitli, ularning belgilanishlari esa quyidagicha: 32-bit (x86) va 64-bit (x64). 64 bitli tizim, 32 bitli operatsion tizimga qaraganda katta hajmdagi hisoblashlarda samaraliroq hisoblanadi. 64 bitli Windows'da, shunga o‘xshash 32 bitli tizimga qaraganda resurslarga talabchan bo‘lgan dasturlar ishlashi uchun kamroq vaqt sarflanadi.

Umumiy ish faoliyatini yaxshilashdan tashqari, ushbu ikki turdagi tizimlar orasidagi asosiy farq, ma’lum miqdordagi xotira bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlashidadir. Windows'ning 32 bitli versiyasida, tizim arxitekturasining o‘ziga xos xususiyati tufayli, kompyuterda o‘rnatilgan 4 Gb'dan kam, 64 bitli versiyasida esa 16 TB'gacha RAM (tezkor/operativ xotira) ishlatiladi

❗️Ikki razryaddan birini tanlash uchun ham bu asosiy mezon sifatida xizmat qiladi, kompyuterga o‘rnatilgan operativ xotira 3 GB'dan kam bo‘lsa — 32 bitli tizim, 4 Gb va undan katta bo‘lsa — 64 bitli tizim o‘rnatiladi.

Windows x64'da 64 va 32 bitli, x32'da esa faqat 32 bitli dasturlarni o‘rnatish mumkin. Windows uchun yaratilgan dasturlarning aksariyati 32 bitli razryadlikni qo’llab-quvvatlaydi. Ushbu dasturlarni istalgan razryadlikdagi kompyuterlarga o’rnatish mumkin.

📌 P.S.: Kompyuterdagi 32-bitli tizimni faqat qayta o‘rnatish (Переустановка Windows) orqaligina 64-bitli tizimga va aksincha o‘zgartirish mumkin!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows’da razryadlik (разрядность) nima va u nima uchun kerak?
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →