TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5292 15.6K
#word

🔢 Hujjatdagi arab raqamlarini rim raqamlariga o‘girish

Rim raqamlarini ifodalash uchun oddiy inglizcha harflardan foydalanish har doim ham qulay emas, ayniqsa barcha raqamlar qanday yozilishini aniq bilmaganimizda.

Arab raqamini rim raqamiga aylantirish uchun CTRL + F9 klavishlari birikmasini bosish lozim, paydo bo‘lgan qavslar ichiga tenglik belgisi (=), istalgan sonni, qiya slesh belgisi (\), asteriks belgisi (*) va ROMAN so‘zini kiritish lozim.

Bularning barchasi natijada quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: {=40\*ROMAN}.

Funksiya qo‘llanilishi uchun F9'ni bosamiz. Tayyor! Arab raqami avtomatik ravishda rim raqamiga o‘giriladi.

❗️Rim raqamlari kichik lotin harflari ko‘rinishida aks etishi uchun funksiyadagi roman ham kichik harflarda keltirilishi lozim.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →