#telegram #rasm_bilan_ishlash #bilasizmi
Telegram yordamida istalgan videodan osongina usulda GIF yasaymiz 🎞
Messenjerlar davrida onlayn muloqotlarda GIF-animatsiyalar ham emodzilar darajasiga chiqqan. Harakatlanuvchi suratlar kishilar uchun o‘zini namoyon etish, hissiyotlarini ifodalash vositasiga aylangan.
To‘liq nomi Graphics Interchange Format bo‘lgan ushbu formatdagi fayllarni harakatli rasm yoki ovozsiz qisqa video deyish ham mumkin. Garchi oxirgi bir necha yil mobaynida ommalashgan bo‘lsa-da, bu format ancha eski – 1987 yili ishlab chiqilgan. Bu turdagi rasm sifatini yo‘qotmagan holda siqilgan ma’lumotlarni o‘zida saqlay oladi, faqat 256 rangda.
Xo‘sh, to‘laqonli videorolikni qay tariqa GIF-faylga – animatsiyali, lekin ovozsiz rasmga aylantirish mumkin? Bunda bizga aksariyatga sevimli bo‘lgan Telegram messenjeri yordam beradi. Ushbu ilovaga videorolikni GIF-animatsiyaga transformatsiya qilish imkoni ham qo‘shilgan.
Buning uchun quyidagi amallarni bajarish kifoya:
1️⃣. Istalgan bir chatda jo‘natish uchun kerakli videofaylni tanlang.
2️⃣. Yuborishdan oldin chiquvchi rolikni tahrirlash oynasida ovoz belgichasi ustiga bosing (rasmda ko‘rsatilgan 👇🏻).
3️⃣. Bo‘ldi, uni yuborsangiz, ovoz yo‘lakchasi olib tashlanadi va rolik GIF formatida jo‘natiladi.
Agarda biror videoni kimgadir yuborish uchun emas, shunchaki o‘zingiz uchun GIF-animatsiyaga aylantirib saqlab qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, yuqoridagi usulda uni o‘zingizga – “Избранное” bulutli papkasiga yuborsangiz ham bo‘ladi.
📝 DiMaX @terabaytuz
📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #5225
11K