TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5095 9.96K
#smartfon #android

“Yaqin-atrofga yuborish” funksiyasi orqali endi ilovalarni ham ulashish mumkin 📤📥

Google kompaniyasi “Yaqin-atrofga yuborish” (Обмен с окружением) imkoniyatini kengaytirdi. Ilgari ushbu funksiya yordamida rasmlar, videolar va boshqa turdagi fayllarni ulashish uchun foydalanishingiz mumkin edi, endi Play Market orqali o‘rnatilgan ilova va o‘yinlarni ham xuddi shu tarzda bitta smartfondan boshqasiga o‘tkazishingiz mumkin.

📲 Ilovalar internetdan foydalanmasdan, o‘zaro Wi-Fi tarmog‘ini yaratib (SHAREit'ga o‘xshab) uzatiladi. Ikkala qurilmada ham Play Market 24.0 va undan yuqori versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Agar u pastroq bo‘lsa, Play Market'ning o‘zini-o‘zi yangilashini kutishga to‘g‘ri keladi.

📶 Ilovalarni qanday ulashish mumkin:

1️⃣. Har ikki smartfonda ham Play Market'ni ishga tushiring.

2️⃣. “Ilova va o‘yinlarim” (Мои приложения и игры) menyusidagi “Ulashish” (Поделиться) yorlig‘ini tanlang.

3️⃣. Birinchi smartfonda “Yuborish” (Отправить), ikkinchisida “Qabul qilish” (Получить)'ni tanlang.

4️⃣. Yuborilishi lozim bo‘lgan ilovalarni tanlang, yaqin atrofdagi smartfonlar ro‘yxati paydo bo‘lguncha kuting va tegishli smartfonni tanlang.

5️⃣. Xavfsizlik uchun ikkala smartfonda ham kod ko‘rsatiladi. Uning mos kelishiga ishonch hosil qiling.

6️⃣. Qabul qiluvchining smartfonida “Qabul qilish” (Получить) tugmasini bosing.

7️⃣. Ilova o‘tkazilgandan so‘ng, u o‘rnatishilishi lozim. Bir nechta ilovalarni uzatishda, ularni bir vaqtning o‘zida o‘rnatishingiz mumkin. Buning uchun “Hammasini o‘rnatish” (Установить всё)'ni ustiga bosing.

❗️Yuboruvchining smartfonida ilovalarga nisbatan qo‘llanilgan sozlamalar uzatilish vaqtida saqlanib qolmaydi.

✅ Ulashish jarayoni yakunlanganidan so‘ng, smartfonlar orasidagi aloqani uzish uchun – “Uzish” (Отключить) tugmasini bosing.

❗️Play Market orqali emas, balki boshqa manbalardan o‘rnatiladigan ilovalarni bu tarzda o‘tkazish mumkin emas (ular boshqa smartfonga yuborilishi mumkin bo‘lgan ilovalar ro‘yxatida ko‘rinmaydi.

🏷 Izoh: Oxirgi paytlarda SHAREit ilovasida “g‘alati” reklamalarning ko‘rsatilishi, tushunarsiz o‘yinlarning internetdan o‘z-o‘zidan ko‘chirilishi kabi holatlar kuzatilmoqda.
Shu sabab, fayllarni boshqa smartfonga o‘tkazish uchun aynan "Yaqin-atrofga yuborish" funksiyasidan yoki SHAREit ilovasining muqobil variantlaridan (masalan, ShareMe) foydalanish tavsiya etiladi.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →