TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5085 7.26K
#ict_news #word #excel #powerpoint

“Microsoft” kompaniyasi Office 2021ni taqdim etdi 🆕

“Microsoft” kompaniyasi ofis ilovalari to‘plamining yangi talqini — Office 2021'ni taqdim etdi. Bu haqda “The Verge” xabar berdi.

Xuddi Office 2019'da bo‘lgani kabi, “korobka” talqini obuna bo‘lishni istamaganlar uchun mo‘ljallangan. Yangi paketga muddatsiz litsenziya bir martalik to‘lov orqali qo‘lga kiritiladi.

Office 2021 ikki shaklda chiqariladi: iste’molchilar hamda korporativ foydalanuvchilar (LTSC) uchun uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash huquqi bilan. Ammo LTSC muddati endi avvalgidek yetti yil emas, besh yil.

Office Professional Plus, Office Standard va korporativ mijozlar uchun alohida ilovalar narxlari 10 foizga qimmatlashgan, foydalanuvchilar va kichik biznes uchun Office 2021 narxi o‘zgartirilmagan.

Windows va macOS uchun ilovalarning yangilangan to‘plami shu yilning ikkinchi yarmida chiqadi. To‘plamdan Word, Excel, PowerPoint hamda OneNote'ning 32 va 64-razryadli talqinlari o‘rin oladi.

“Yangi ofis”ning barcha imkoniyatlarini “Microsoft” hozircha ochiqlagan emas.

📝 Manba: Xabar.uz

📌 P.S.: Bizni va balki boshqa foydalanuvchilarni ham hayron qoldirgan jihati – Office'ning ushbu versiyasi odatdagidek har 3 yilda emas, balki 2 yil oralig‘ìda chiqayotganidir (bundan avval Office 2007, 10, 13, 16, 19 versiyalari chiqqan edi).

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →