TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5043 28.7K
#word

Word'da Ikkitalik probellarni tezkor almashtirish ♻️

Ko‘plab foydalanuvchilar MS Word'dagi matnni tahrirlash vaqtida so‘zlar orasida probellarni bir emas balki ko‘plab miqdorlarda qo‘llaydilar. Ushbu tarzda ular hujjatni chop etish oldidan tekislaydilar va formatlashni o‘zlariga qulay bo‘lgan ko‘rinishga olib keladilar.

Ushbu yondashuvning natijasida esa bu matn bilan keyinchalik ishlashi lozim bo‘lgan foydalanuvchilarga ish ortadi, boisi matnlar orasidagi probellar shrift hajmi o‘zgartirilgan taqdirda yaqqol sezilib qoladi va ularni o‘chirib chiqishga to‘g‘ri keladi.

💡 Yaxshi xabar esa shundaki, bunday qaytarilishlarni birma-bir qo‘lda to‘g‘rilab o‘tirishga hojat yo‘q. Buning o‘rniga matn bo‘ylab izlash va almashtirish (Поиск и замена) funksiyasidan foydalanish mumkin.

Kerakli hujjatni dasturda ochib, CTRL + H klavishlari birikmasi yordamida Найти и заменить muloqot oynasini chaqiring. Больше tugmasi ustiga bosing va Подстановочные знаки bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating.

Найти maydonida 1 dona probel va {2;}'ni kiriting, Заменить на maydoniga esa 1 dona probelni kiritib, Заменить все tugmasi ustiga bosing.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →