TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4842 11.3K
#mulohaza_uchun

IBRATLI HIKOYA: Yaxshilik zanjiri ⛓

Chamasi o‘n bir yoshlardagi bu sotuvchi bolakayning ismi Hovard. Shu mavzeda ko‘pchilik uni yaxshi taniydi. Hovard dam olish va ta’til kunlari ko‘chama-ko‘cha, eshikma-eshik onasi tayyorlab bergan pishiriqlarni sotib, ro‘zg‘orga va o‘qishiga pul jamg‘aradi.

Jazirama kunlarning birida tushdan keyin Hovard nimadir sotish ilinjida navbatdagi eshikni taqillatdi. Eshik ochilishi bilan u qarshisidagi ayolni ham ilg‘amasdan hushidan ketibdi.

Bolakay ko‘zini ochganida o‘zini yumshoq o‘rinda ko‘rdi. Qarshisidagi begona ayolning mehrga to‘la nigohidan taskin oldi. Ayolning ham iyagining o‘ngrog‘ida onasinikiga o‘xshagan bir chaqalik tangadek qop-qora xoli borligi bolaning e’tiborini tortdi. Go‘dakning holsizlanganini ko‘rgan ayol unga bir stakan salqin ayron tutqazdi.

Shu vaqtga qadar hayotni pul bilan o‘lchagan bola uyni tark etar mahali ayoldan ayronning narxini so‘radi. “Ota-onam menga mehring va e’tiboringni hech qachon pullamagin”, deb o‘rgatishgan, dedi mehribon ayol tabassum bilan.

“Unday bo‘lsa, sizga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman, xonim”, dedi Hovard xijolatdan ko‘zlarini olib qochib. Bolakay bu xonadonni tark etayotganda uning Yaratganga va odamlarga bo‘lgan e’tiqodi yuksalgan edi.

Oradan yillar o‘tdi. Bir kuni AQShning ko‘zga ko‘ringan shifokorlaridan hisoblanmish Hovard Artvud Kelli huzuriga og‘ir ahvolda bir ayolni olib kelishdi. Bemor ayollarda kamdan-kam uchraydigan, professor Hovard Kelli tadqiq qilgan kasallikka chalingan ekan. Bemorni ko‘zdan kechirayotib uning iyagi o‘ngrog‘ida joylashgan xol doktorning e’tiborini tortdi. Hovard Kelli holsizlanib qolgan ayolga diqqat bilan razm soldi...

Professor bir oy davomida bemorni oyoqqa turg‘azish uchun bor mahoratini ishga soldi. Undan har kuni shaxsan o‘zi xabar olib turdi. Nihoyat, keksa onaxon oyoqqa turdi. So‘nggi kun qo‘lidagi to‘lov chekiga xavotir bilan nazar solgan ayolning ko‘zlarida hayrat porlardi.

Chekda “Bizda mehr pullanmaydi. Binobarin, barcha xarajatlar bir stakan ayron bilan to‘langan!” deb yozilgan, ostiga bolaligida onasiga o‘xshash ayolga mehri tushgan doktor Hovard Kelli imzo qo‘ygan edi.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →