#mulohaza_uchun
XULOSA 📋
Dunyoda millionlab insonlar mehnatlari evaziga baxtiyor yashayotgan bir paytda, siz ham bunga munosibsiz. Ularning ba’zi farqli jihatlarigina yaxshi yashashlari uchun xizmat qiladi. Kitobning birinchi bobidagi mavzular, fikrlarni xulosa qiladigan bo‘lsak, baxtli, sog‘lom va muvaffaqiyatli insonlarni baxtli qiladigan quyidagi jihatlar mavjud:
– boshqalarga yomonlik tilamaydilar va yomonlik ravo ko‘rmaydilar;
– o‘z olamlaridan tashqariga chiqib, boshqalarning fikrini ham inobatga olishga odatlanganlar;
– boshqalarda ko‘rgan yaxshi xislatlarni o‘zlarida ham shakllantirishga harakat qiladilar;
– ular baxtiyor, sog‘lom va muvaffaqiyatli insonlar ko‘p tomonga intiladilar;
– boshqalarning fikrlari ularning yo‘llarini to‘sib qo‘yishiga izn bermaydilar;
– har kuni ertalab faqatgina kimlarningdir ko‘nglini chog‘ qilish uchungina uyg‘onmaydilar; ular o‘zlari uchun ham yashashni biladilar;
– duch kelinadigan kundalik mashaqqatlarni yuksalish uchun imkon, xatolarni hayotning saboqlari deb qabul qiladilar;
– ba’zida vaqtni yolg‘iz o‘tkazish foydali ekanini unutmaydilar;
– e’tiqodlarini mustahkamlab, ma’nan yuksalib, orzu va ishonch o‘rtasida ko‘prik quradilar;
– kamroq vahimaga tushib, chuqur idrok qila olishlari uchun chuqur-chuqur nafas oladilar;
– ular hayotda hamma narsaga ega bo‘lish imkonsizligini tan oladilar;
– tavakkal qilish yangi marralarga erishish uchun mukofot ekanini biladilar;
– o‘zlari imkonsiz bo‘lgan vaziyatda “yo‘q” deyishga uyalmaydilar;
– odamlarga tillari va dillari mushtarak ekanini ko‘rsata oladilar;
– uzoqni ko‘ra oladilar va ko‘rganlariga erishmagunlarigacha tinib-tinchimaydilar;
– o‘zlarini yaxshi ishlarga hech bir manfaat-muddaosiz bag‘ishlaydilar;
– o‘zlarida borini ko‘rsatishni emas, boshqalardagi muhim jihatni ilg‘ashga harakat qilib, hukmronlikka da’vo qilmaydilar;
– maqsad uchun intilayotganlarida tez-tez o‘zlarining g‘oliblik daqiqalarini tasavvur qilib ruhlanadilar;
– nolish, zorlanishni odat qilmaydilar;
– insoniy fazilatlaridan ishda yuksalish va oilani farovon tutishda foydalanadilar;
– kezi kelganda, ya’ni haq bo‘lganlarida oqimga qarshi suzishdan cho‘chimaydilar;
– boshlagan ishlarini tugatmaguncha to‘xtamaydilar;
– o‘zlarini boshqalar bilan taqqoslamaydilar;
– boshqalarning muvaffaqiyat qozonishlariga yordam beradilar.
📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi
“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”
📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #4832
7.29K