#mulohaza_uchun
QANDAY QILIB BAXTLI YASHASH MUMKIN? 🤔
Zamonaviy yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov ularning aksariyati pul va mashhurlikni baxtiyor hayotning asosi deb hisoblashlarini ko‘rsatmoqda. Harvard universiteti tadqiqotchilari tomonidan o‘tkazilgan izlanishlar inson yoshligi o‘tgani sayin mol-davlat uning baxti uchun ahamiyat kasb etmasligini aniqlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, insonning turmush o‘rtog‘i bilan mustahkam munosabati, oilasidagi o‘z o‘rni va do‘stlari bilan aloqalari baxtiyor hayotning muhim omillari ekan.
Muqaddas islom dinida ham insonning baxti uch omilga bog‘liqligi, ulardan biri uning ahli ayoli ekani alohida ta’kidlangan.
Izlanishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, inson hayotiga keksaygani sayin ikki omil juda salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Bulardan biri tamaki chekish bo‘lsa, ikkinchisi spirtli ichimliklar iste’moli deyiladi.
Boisi tamaki chekish insonda juda ko‘plab kasalliklarning paydo bo‘lishiga, xususan, insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab turuvchi jinsiy hayotining nosog‘lomlashuviga olib kelsa, spirtli ichimliklar uning tushkunlikka bo‘lgan moyilligini oshiradi. Ayniqsa, o‘rta yoshda yuzaga kelgan oilalar buzilishi o‘rganilganida, erkaklarning spirtli ichimliklar iste’moliga mukkasidan ketishi nikoh buzilishining bosh omili ekanligi aniqlangan.
Shu bilan birga, mustahkam rishtalar bog‘langan oilada er va xotinning davriy kasallik, ruhiy va xotira pasayishi kabi xastaliklardan himoyalanganlik darajasi yuqori bo‘lishi aniqlangan.
Qolaversa, oilada baxtli bo‘lgan erkaklarning yuqori salohiyatli kishilardan ham farovon yashashi, hayotda chinakamiga baxtli bo‘lishi aniqlangan.
Tadqiqot xulosalari shuni ko‘rsatmoqdaki, nafaqaga chiqqan insonlarning ijtimoiy hayotda faol bo‘lishi, do‘stlari bilan bordi-keldi qilishi, jamiyat bilan aloqalari mustahkam bo‘lishi ularning uzoq va sog‘lom hayot kechirishining asosi ekan.
📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi
“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”
📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #4731
6.92K