TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4581 11.1K
#mulohaza_uchun

MUVAFFAQIYATSIZLIK – TAJRIBA UCHUN IMKONIYAT (1-qism) 😞➡️🥳

Muvaffaqiyatsizlik pallasida bizdagi xudbinlik ashaddiy raqibimizga aylanadi. Voqealar rivoji bizning istaklarimizga qarshi borishi oqibatida bizda noto‘g‘ri himoyalanish mexanizmi ishga tushadi. Aksariyat odamlarda bu vaziyatda his-tuyg‘u g‘olib keladi.

Muvaffaqiyatsizlik lahzalarida quyidagilarga amal qilgan inson o‘ziga maqsadiga erishish uchun imkon bergan bo‘ladi.

Xatoni tan oling.

Dunyodagi eng qiyin ish – odamning o‘z xatosini tan olishi. Ustiga-ustak, bu xatoni to‘g‘rilashga harakat qilmaslik o‘zingizda kuchli irodani shakllantirishingizga to‘sqinlik qiladi. Xatoni tan oling. Muvaffaqiyatli odamlar “men xato qildim” deyishadi. Omadsiz odam esa doim “bu mening aybim emas” deydi va aybdorlarni izlab, o‘zini oqlashga urinadi.

Yo‘qotishlarni tasavvur qiling.

Maqsadga erisha olmagan inson yo‘qotishlarni chamalash o‘rniga, qahr-g‘azabga to‘lgan bo‘ladi. Nohaqlik, adolatsizlik uning irodasini sindirishga urinadi. Biz filmlarda poker o‘ynayotib katta pulni qo‘ldan boy bergan va uni qaytarish uchun bor pulini tikkan, natijada omadini qaytarib olgan qahramonlarni ko‘p ko‘rganmiz. Hayotda ham shunday: yo‘qotishlarni aniq tasavvur qilish insonni yana qayta harakatga keltiradi.

Ijobiy bo‘ling.

Yosh chivin uchishni o‘rgangach, ilk marotaba ozuqa tashvishida inini tark etibdi. Qaytib kelgach, otasi undan olgan taassurotlarini so‘rabdi.

“Hayot go‘zalliklarga to‘la ekan. Ayniqsa, menga ko‘zlari tushishlari bilanoq qarsak chalishga kirishib ketgan odamlarni ko‘rganimda o‘zimni yanada baxtiyor sezdim”, debdi u.

Xulosa shuki, barchasi munosabatingizga bog‘liq. Siz esa doimo ijobiysini tanlang.

O‘zingizga siz baxtiyor ekaningizni uqtiring.

Tushkunlikka tushmaslik – bu biz o‘rganishimiz kerak bo‘lgan mashq. Oldimizdan ariq yoki choh chiqsa, tushib ketmaslik uchun sakraymiz – bu ham mashq. Nega endi ruhiy chuqurga bilib turib qadam qo‘yish kerak?

Tez-tez o‘zingizga “Hozircha hayotman, sevimli kasbim bor, kimnidir seva olaman, demak, men – baxtiyor odamman!” deb ayting.

☝🏻Unutmang: tunning eng zulmat daqiqalari tong otishidan bir fursat avval sodir bo‘lar ekan. Hali yorug‘ tonglar oldinda.

Yangi marralarga harakat qiling.

Yangi marralarga yaqinlashish uchun o‘zgarish kerak. O‘zgarishni xohlamagan odam zaiflikka duchor bo‘ladi. “Hayot, bu – yashash degani. Yashayotgan kishi o‘zgarishga tayyor turishi lozim”, deydi faylasuf Gyote.

Ushbu maqolaning 2-qismi

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →