TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4528 7.67K
#bilasizmi #ict_news #smartfon #android

Samsung smartfon va planshetlariga Android 11 (One UI 3.0) kelishining rasmiy yo‘l xaritasi 🆕📲

Biz o‘n birinchi avlod “yashil robotchali” tizimni qabul qiladigan Samsung mobil qurilmalarining 63 ta nomdan iborat ro‘yxatini e’lon qilgan edik. Keyinroq chiqqan ma’lumotga ko‘ra, kompaniyaning Android 11 operatsion tizimigacha yangilanuvchi smartfon va planshetlari soni to‘qsontaga borar ekan!

Samsung endi o‘z mobil gadjetlaridan qay biri qachon Android 11 operatsion tizim talqinini qabul qilishini aytdi. Aniqrog‘i – bu grafikni kompaniyaning Misr bo‘linmasi Samsung Members ilovasida e’lon qildi.

Ishlab chiqaruvchi hozircha to‘qsonta emas, balki 43 ta rusumdagi smartfon va planshetlariga mazkur apdeytni tarqatish vaqtiga aniqlik kiritgan. Unga ko‘ra, qurilmalarning yangilanish yo‘l xaritasi quyidagicha:

2020 yil dekabr:
1. Galaxy S20
2. Galaxy S20+
3. Galaxy S20 Ultra

2021 yil yanvar:
4. Galaxy S10
5. Galaxy S10+
6. Galaxy S10 Lite
7. Galaxy Note 10
8. Galaxy Note 10+
9. Galaxy Note 20
10. Galaxy Note 20 Ultra
11. Galaxy Z Flip
12. Galaxy Z Fold 2

2021 yil fevral:
13. Galaxy Fold

2021 yil mart:
14. Galaxy M21
15. Galaxy M30s
16. Galaxy M31
17. Galaxy A51
18. Galaxy Note 10 Lite
19. Galaxy Tab S7

2021 yil aprel:
20. Galaxy A50
21. Galaxy M51

2021 yil may:
22. Galaxy A21s
23. Galaxy A31
24. Galaxy A70
25. Galaxy A71
26. Galaxy A80
27. Galaxy Tab S6
28. Galaxy Tab S6 Lite

2021 yil iyun:
29. Galaxy A01-Core
30. Galaxy A01
31. Galaxy A11
32. Galaxy M11
33. Galaxy Tab A

2021 yil iyul:
34. Galaxy A30
35. Galaxy Tab S5e

2021 yil avgust:
36. Galaxy A10
37. Galaxy A10s
38. Galaxy A20
39. Galaxy A20s
40. Galaxy A30s
41. Galaxy Tab A 10.1
42. Galaxy Tab Active Pro

2021 yil sentabr:
43. Galaxy Tab A8 (2019)

Xo‘sh, bu ro‘yxatda siz ishlatayotgan yoki olmoqchi bo‘lib yurgan modeli ham bormikan?

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan boshqa postlar bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →