TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4527 8.06K
#mulohaza_uchun

FE’L-ATVOR – TAQDIR 👤

Buyuk minoralar samoga tomon bo‘y cho‘zgan qad-qomatlari bilan salobatli ko‘rinsalar ham, aslida ularni ushlab turgan asos yer ostida bo‘ladi. Bolaligimizda otam meni Buxoroning mashhur Minorai Kalon inshooti oldiga olib borgan edi. Minoraning salobatidan meni hayajon bosgan. Bu minoraning balandligi 47,5 metr, uning asosi yer sathidan 11,5 metr chuqurlikda joylashgan. Uni qurgan usta poydevori mustahkam bo‘lmagan minora uzoq turmasligini aytib ketgan.

Bularni aytishimdan maqsad shuki, asrlarni pisand qilmay mag‘rur turgan buyuk inshootlarning barhayotligi ularning asosi bilan bog‘liq. Ular mustahkam poydevorlari bois vaqtdan g‘olib kelmoqdalar. Muvaffaqiyatning ham tagzamini, minoralar kabi asosi bor, bu – fe’l-atvor. Sharq donishmandlarining “Kaloming belgilar kamoling” degan hikmati bor.

Harvard universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, odamning ishga kirishi yoki ishda mavqei ko‘tarilishida fe’l-atvorning o‘rni 85 foiz, bilim va tajriba, bilgan raqam va dalillarning o‘rni 15 foiz ekan. Baxtga qarshi, mamlakatlarda ta’limga sarflanayotgan mablag‘ning 100 foizi o‘quvchi va talabalarga raqam va dalil o‘rgatish uchun sarflanadi. Hayotda esa bu omil 15 foizlik ahamiyatga ega!

“Fe’l-atvor” so‘zi barcha millat lug‘atlarida muhim so‘zlardan biri ekani shubhasiz. Boisi shaxsiy va kasbiy hayot bevosita shu tushunchaga bog‘liq. Jumladan, Alisher Navoiyning “So‘zlagandan so‘zlamagan yaxshiroq, so‘zlagandim tegdi boshimga tayoq”, “Inson maqomi fe’l-atvor, iroda bilan qo‘lga kiritiladi” degan fikrlari bunga misol.

Biz doim hayotda aqlli odamlar muvaffaqiyat qozonishiga ishonib kelganmiz. Endi bu nuqtai-nazardan voz kechish kerak. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, – “aql koeffitsienti” baland bo‘lgan odamlarda emas, hissiy aql-zakovat egalarida hayotda g‘alaba qozonish imkoniyati yuqori ekan. Ayniqsa, bunda insoniy fazilatlarning o‘rni yuqori. Jumladan, Avstraliyaning Griffit Universiteti professori Artur Poropatning fikriga ko‘ra, quyidagi 5 fazilat insonlarga hayotda muvaffaqiyat qozonishlariga xizmat qiladi:
– vijdonlilik;
– samimiylik;
– murosasozlik;
– hissiy barqarorlik;
– ochiq fe’l-atvorlilik.

Shu bilan birga, Karnegi nomidagi Texnologiyalar institutining tadqiqotlariga ko‘ra, insonning moliyaviy muvaffaqiyat qozonishida fe’l-atvorning ahamiyati 85 foizni, boshqa bilimlarning o‘rni 15 foizni tashkil qiladi.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →