TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4497 13.1K
#operatsion_tizim

Windows 10'da vazifalar panelini butunlay shaffof qilish mumkinmi? 🤔

Tizim parametrlarida biz vazifalar panelini shaffof ko‘rinishga keltirishimiz mumkin. Bunda qoida bo‘yicha 100%-lik shaffoflikni berib bo‘lmaydi. Vazifalar panelini butunlay shaffof ko‘rinishga keltirish uchun TranslucentTB kichik dasturidan foydalanish mumkin.

U ishga tushirilganidan so‘ng soatning yonida dastur belgisi paydo bo‘ladi. Belgi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali vazifalar paneli uchun butunlay yoki qisman shaffoflik variantini tanlash mumkin.

Ushbu kichik dasturni tizim bilan birga avtomatik yuklanishi uchun quyidagi qadamlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:

1️⃣. Проводник (WIN + E) oynasining manzil satriga shell:startup'ni kiritib ENTER klavishini bosing.

2️⃣. Dasturning yorlig‘ini yarating va uni 1-qadam orqali ochilgan "Автозагрузка" oynasiga olib o‘tkazing.

3️⃣. Vazifalar paneli darhol shaffof ko‘rinishga kelishi uchun yorliq ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Свойства'ni tanlang.

4️⃣. Объект maydonida keltirilgan fayl manzili matniga qo‘shimcha qilib quyidagi matnni probel belgisidan keyin kiriting: - -transparent.

5️⃣. ENTER klavishini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirishni saqlang.

📎 TranslucentTB kompyuter dasturini yuklab olish.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →