TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4480 12.7K
#operatsion_tizim

Papkaga tizim tomonidan qoida bo‘yicha beriluvchi nomni o‘zgartirish 📁

Papka qoida bo‘yicha yaratilganida unga “Новая папка” nomi beriladi. Biz reyestrni tahrirlash orqali qoida bo‘yicha beriluvchi nomlanishni o‘zgartirishimiz mumkin.

1️⃣ WIN + R'ni bosgan holda ekranga “Выполнить” oynasini chaqiring va unga regedit buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosish orqali Редактор реестра (Reyestr muharriri)ni oching.

2️⃣ Quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting:

Компьютер\HKEY_CURRENT_USER\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Explorer.

3️⃣ Explorer bo‘limiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Создать – Раздел'ni tanlang. Unga NamingTemplates nomini bering.

4️⃣ Yangi bo‘limda RenameNameTemplate nomli satrli parametr (строковый параметр)ni yarating. Qiymat sifatida qoida bo‘yicha yangi papkalarga beriladigan nomni tayinlang. Masalan, o‘zbek tilida “Yangi papka”.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →