#word #rasm_bilan_ishlash
Hujjatga rasm joylashtirishning “iqtisodiy” usuli 🖼
Barchaga ma’lumki, agar hujjatga rasm joylashtirilsa, u faylning o‘ziga biriktiriladi. Buning oqibatida esa hujjatning hajmi ancha-muncha ortib ketishi mumkin.
Rasm joylashtirishda fayl hajmi ortib ketmasligi uchun, uni hujjatga nisbatan “bog‘lash” lozim. Buning uchun menyu satrining Вставка varaqa (вкладка)si → Рисунок'ka o‘ting, kerakli rasmni belgilab, Связать с файлом bandini tanlang.
⚠️ E’tibor bering, agar rasm o‘chirilsa yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazilsa, u hujjatda aks etmay qoladi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar;
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #4375
17.5K