TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4372 12.6K
#mulohaza_uchun

TAQDIRIMIZGA TA’SIR QILUVCHI BESH TAVSIYA☝🏻

Taqdirni tasodif emas, tanlovlarimiz yaratadi. Gerodotning fikricha, taqdir ko‘nglimizning aksi ekan. Quyida sizning munosib taqdiringizda muhim ahamiyat kasb etadigan besh ko‘nikma va tavsiyani eslatib o‘tmoqchiman.

1️⃣. Biz amalga oshirayotgan barcha harakatlar his-tuyg‘ularimizni o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Misol uchun, qo‘rqayotgan odam berkinadi, jim turadi, bo‘ysunadi, yon beradi, tilyog‘lamalik qiladi.

🏷 Birinchi tavsiya: qo‘rqmang! G‘olib bo‘lish uchun kurashishga o‘rganing!

2️⃣. Jismoniy holat ustidan o‘rnatilgan nazorat. Salomatlikka e’tibor, o‘zingizni kuchli deb his qilish hamda g‘ayratli bo‘lish.

🏷 Ikkinchi tavsiya: jismoniy faol bo‘ling, eng og‘ir daqiqalarda ham o‘zingizda qo‘shimcha quvvat topa oling, har dam g‘ayratli bo‘ling!

3️⃣. Munosabatlarni nazorat qila olish. Bu ko‘nikma sizga kerakli eshiklarni ochib berishi yoki ochiq eshiklarni yopib qo‘yishi mumkin bo‘lgan eng muhim omil ekanini yodda saqlang.

🏷 Uchinchi tavsiya: samimiy bo‘ling!

4️⃣. Pulga egalik qilish ko‘nikmasi. Muvaffaqiyat bevosita moddiy holatning yaxshilanishi bilan bog‘lanadi. Sizni kambag‘allikka giriftor qilgan omillarni aniqlang. Shu bilan birga, boylikdan to‘g‘ri foydalanishga daxldor his-tuyg‘ularni ham o‘zingizda shakllantirib boring.

🏷 To‘rtinchi tavsiya: sizni topgan pulingiz emas, uni qanday sarf qilish odati boy qiladi.

5️⃣. Vaqtni qadrlash. Bu ko‘nikma faqatgina vaqtni to‘g‘ri taqsimlash degani emas. Vaqtni qadrlash g‘oyalarni amalga oshirish, yaratuvchanlikni olg‘a surish, salohiyatingizni namoyish qilishda namoyon bo‘ladi.

🏷 Beshinchi tavsiya: siz vaqtingizning keyingi besh yilligi, o‘n yilligi hayotingizdagi, jamiyatdagi nimani o‘zgartirishi mumkinligini hisobga oling.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →