TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4321 11.6K
#bilasizmi

Qiziqarli faktlar to‘plami ☝🏻

⚡️ Eng birinchi nutqni aniqlash tizimi 1971-yilda Hindistonda ixtiro qilingan va “Hearsay” deb nomlangan.

⚡️ So‘nggi 12 yil ichida IBM 30 mingdan ortiq patent olgan, bu har qanday boshqa tashkilot yoki xususiy shaxsga nisbatan ko‘proqdir.

⚡️ Sun’iy intellekt tizimiga ega bo‘lgan birinchi mobil robot 1970-yilda SRI kompaniyasi tomonidan yaratilgan va “Shakey” deb nomlangan.

⚡️ Apple kompyuterlarida qo‘llanilgan eng dastlabki qattiq diskning hajmi 5 megabayt bo‘lgan.

⚡️ Birinchi matritsali printer 1964-yilda ishlab chiqilgan. U Seiko soatlarida aniq vaqtni chop etish uchun qo‘llanilgan.

⚡️ Elektron kompyuter uchun dasturlash amalga oshirilgan birinchi til “Short Code” edi.

⚡️ Linux operatsion tizimining ramziga aylangan pingvinning nomi “Tux” bo‘lgan.

⚡️ Agar Bill Geyts biror kimga Windows'i qotib ishlayotgan har bir holati uchun $1'dan to'lab borsa, u holda Microsoft 3 yil ichida bankrot bo‘ladi.

⚡️ Kulgich (smaylik)ning otasi – Skott Folman, u 1982-yil 19-sentyabrda Karnegi Mellon universitetidagi BBS'da suhbatlashayotganda tabassumni ifodalash uchun “:-)” belgilaridan foydalangan.

⚡️ 1982-yilda Time jurnali kompyuterni “yil odami” deb e’lon qilgan.

⚡️ 1998-yilda Xitoyda bankning kompyuter tizimini buzib kirib, qariyb 31 ming dollar o‘g‘irlagan ikki xaker o‘lim jazosiga hukm qilingan

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →