TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4187 22K
#operatsion_tizim

Windows'da ishchi stolidagi kontekstli menyuga kerakli dasturni qo‘shish (juda foydali qo‘llanma) 🧾

Kontekstli menyu – bu sichqonchaning o‘ng tugmasini bosganda yuzaga keluvchi menyudir.

Windows'da kerakli dasturlarga tezkor murojaat etish uchun, ishchi stolidagi kontekstli menyuga kerakli dasturni qo‘shib qo‘yishimiz mumkin.

Misol uchun, kontektsli menyuga Mozilla Firefox brauzerini qo‘shishni ko‘rib o‘tamiz, Sizdan e’tiborli bo‘lishni va keltirilgan ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishni so‘rab qolamiz.

1️⃣. "Win + R" klavishlari birikmasini bosish orqali "Выполнить" oynasini chaqirib, undagi matn kiritish maydoniga "regedit" buyrug‘ini (qo‘shtirnoqlarsiz) kiriting.

2️⃣. Ochilgan "Редактор реестра" ("Reyestr muharriri") oynasining chap tomonida keluvchi quyidagi bo‘limga o‘tamiz: HKEY_CLASSES_ROOT\Directory\Background\shell

3️⃣. Shell papkasi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va "Создать -> Раздел"ni tanlaymiz.

4️⃣. Kontekstli menyuda ko‘rinib turadigan va Firefox brauzerini ishga tushirish uchun nom beramiz, misol uchun "Mening dasturim".

5️⃣. Hosil bo‘lgan "Mening dasturim" bandi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, "Создать -> Раздел"ni tanlaymiz va "command" deb (qo‘shtirnoqlarsiz) nom beramiz.

6️⃣. "Command" papkasini belgilab, o‘ng tomonda paydo bo‘lgan По умолчанию (Default) yozuviga sichqonchaning chap tugmasi bilan ikki marta bosamiz.

7️⃣. Paydo bo‘lgan oynaning "Значение" bandiga Firefox brauzerining kompyuterdagi joylashgan manzilini to‘liq kiritamiz, misol uchun: C:\Program Files (x86)\Mozilla Firefox\firefox.exe

8️⃣. "OK" tugmasini bosib, ushbu menyu va oynadan to‘liq chiqib ketamiz.

Natijada, Windows'ning ishchi stolida sichqonchaning o‘ng tugmasini bossangiz, kontekstli menyuda "Mening dasturim" bandi hosil bo‘lganini ko‘rasiz, uning ustiga bosish orqali Mozilla Firefox brauzeri ishga tushishiga amin bo‘lamiz.

☝️Ushbu harakatlar ketma-ketligini diqqat bilan bajaring, tajribasiz reyestr bilan ishlash biroz xavfli, boshqa hech narsani o‘zgartirmang.

📎 Bu yerda ushbu postning video talqini ham keltirilgan, xohishga ko‘ra uni ham tomosha qilishingiz mumkin.

📝 Manba: @planetait

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat

📌 P.S.: Siz kompyuterni quyidagi kiritish qurilmalarining qaysi biri yordamida boshqarishni ko‘proq ma’qul ko‘rasiz?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →