TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4154 13.7K
#smartfon #android #rasm_bilan_ishlash

Android'da uzun skrinshot qanday yaratiladi? 📱

Shunday holatlar bo‘ladiki, siz uchun qandaydir kerakli ma’lumot keltirilgan sahifa ekranning standart o‘lchamiga sig‘maydi va undan bir necha bosqichda skrinshot olishga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda siz Android uchun mo‘ljallangan LongShot mobil ilovasidan foydalanishingiz mumkin.

1. Ilovani PlayMarket'dan yuklab oling va ishga tushiring.
2. Uzun skrinshotni tasvirga olish rejimini tanlang: avtomatik o‘tkazish (Автопролистывание), qo‘lda boshqarish (Ручной захват) yoki tezkor rejim (Скоростной режим).
3. Rejimlar ro‘yxatidan o‘ng tomonda joylashgan ko‘k rangli belgi ustiga bosing.
4. Ilova fonda ishlash holatiga o‘tadi, so‘ngra asosiy ekran ochiladi, chap tomonda esa “Старт” (“Boshlash”) va “Отмена” (“Bekor qilish”) tugmalari paydo bo‘ladi.
5. Sizga kerakli bo‘lgan ilovaga o‘ting.
6. “Старт” (“Boshlash”) tugmasini bosing.
7. Ekranda qizil hoshiya paydo bo‘ladi. Skrinshotni yaratish uchun ekranni pastdan yuqoriga, hoshiyaga qadar siljiting.
8. Jarayonni yakunlash uchun chap tomonda joylashuvchi “Готово” (“Tayyor”) tugmasini bosing.
9. Keyingi bosqichda ilova yana ekranga chaqiriladi va unda skrinshotning tayyor variantini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
10. Rasm telefon xotirasida saqlanishi uchun “Сохранить” (“Saqlash”)ni bosing.

Shuningdek siz bir nechta rasmlarni bitta uzun skrinshotga birlashtirishingiz mumkin. Parametrlarda esa rasmning saqlanadigan joyi va formatini o‘zgartirish mumkin hisoblanadi.

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →