TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4099 22.5K
#operatsion_tizim #rasm_bilan_ishlash

Windows’dagi EXE-fayldan rasmini ajratib olish 🖼

Ba’zida, biror loyiha ustida ish olib borayotgan paytingizda, Windows 10’dagi ilovaning yuqori sifatli belgisi (rasmi)ga ehtiyoj sezib qolasiz, biroq uni Internetdan topishga qiynalasiz.

Bunday vaziyatlarda bepul IconViewer utilita dasturi EXE-fayldan rasmini ajratib olishda sizga yordam beradi.

Shunisi ayamiyatliki, IconViewer alohida oynada ishga tushmaydi. Buning o‘rniga dastur faylning xususiyatlari (cвойства) oynasiga yangi “Icons” varaqa (вкладка)sini qo‘shib qo‘yadi.

1. IconViewer’ni yuklab oling.
2. EXE-fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va “Свойства”ni tanlang.
3. “Icons” bo‘limiga o‘ting.
4. Rasm parametrlarini ko‘rsatib o‘ting.
5. Rasmni saqlash uchun disketali belgi ustiga bosing.
6. Fayl formati (*.ICO, *.BMP., *.PNG) va joylashuvini ko‘rsating.
7. “Сохранить”ni bosing.

☝🏻LNK yorlig‘i emas, balki aynan EXE-fayl bilan ishlayotganingizga ishonch hosil qiling. Yorliqning EXE-faylini topish uchun uning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, ochilgan kontekstli menyudan “Расположение файла” bandini tanlang.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →