TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4067 17.3K
#smartfon #android

Android-smartfonni tezlashtirish va tozalash uchun “.thumbnails” papkasini o‘chiramiz (+video) 📱🚀

“Yashil robotchali” smartfon va planshetlarning keshini yalpi tozalash hamda ilovalar keshlarini tozalash haqida yo‘riqnoma kanalimizda e’lon qilingandi. Bugun esa gadjetning ishlashini tezlashtirish va xotirasini tozalashning qo‘shimcha usulini ko‘rib chiqamiz.

👉🏻 O‘QING: Smartfoningiz quvvati tez tugab qolyaptimi?

Android tizimida ko‘rilgan suratlar, skrinshotlar va hokazo rasmlarning eskizlari saqlanib turadi. Bu xuddi brauzer keshiga o‘xshab, o‘sha rasmni keyingi gal ochganda tezkorlikda ko‘rsatish uchun kerak, ammo suratlarni har kuni tomosha qilib o‘tirmaysiz-ku, to‘g‘rimi? Demak – ular saqlanadigan papkani bemalol o‘chirish mumkin.

Mazkur papka esa smartfon xotirasidagi (agar qurilmangizda fleshka ishlatayotgan bo‘lsangiz – unda ham) “DCIM” papkasi ichida joylashgan va “.thumbnails” deb nomlangan. Tizim papkasi bo‘lgani uchun u odatda yashirilgan bo‘ladi, lekin keltirilgan ushbu tavsiyadagi fayl-menejerlar orqali uni topib o‘chirish qiyin emas.

Ta’kidlash kerakki, “.thumbnails” papkasining ichidagi barcha fayllarni yoki hatto shu papkaning o‘zini ham bemalol o‘chirish mumkin, bundan tizimga yoki suratlaringizga hech qanday zarar yetmaydi. Bundan tashqari, smartfoningizni o‘chirib-yoqqaningizda u yana paydo bo‘lib, qaytadan rasmlaringiz eskizlarini yig‘a boshlaydi. Vaqti-vaqti bilan uni o‘chirib turish esa gadjetingiz xotirasida joy ochishga va uning ishlashini tezlashtirishga xizmat qildi.

🎞 Ushbu postimiz mavzusiga doir quyidagi videoko‘rsatmani tomosha qilishni tavsiya etamiz. 😉

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 2
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →