TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3972 10.7K
#bilasizmi #smartfon #ict_news

Android 11’ning “shirin” nomi ma’lum bo‘ldi 🤖🍰

Google kompaniyasi o‘z mobil operatsion tizimining o‘ninchi avlodidan boshlab, ularni shirinliklar nomi bilan atashdan voz kechgan. Ungacha esa Android’ning har bir talqini turli shirinliklar nomi bilan atalib kelinardi: Gingerbread, Ice Cream Sandwich, Jelly Bean, KitKat, Lollipop, Marshmallow, Nougat, Oreo, Pie,...

Shunga qaramasdan, Google xodimlari operatsion tizimning yangi versiyalarini kompaniya ichida shirinliklar nomlari bilan atab kelishayotgan ekan. Bu xususda All About Android podkastida Android vitse-prezidenti Devid Berk aytib o‘tgan.

Unga ko‘ra, Android 11 talqinining “shirin” nomi Red Velvet Cake ekan. Bu – “Qizil baxmal” nomli tort turidir, deb yozadi XDA resursi.

Shuningdek, tizimning rasman “shirin” nomdan mahrum etilgan ilk talqini – Android 10 versiyasining ham “shirin” nomi aytilgan. Bu – Quince Tart nomli pirog ekan.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →