TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3955 8.99K
#smartfon #android #ict_news

Android 11 yakuniy versiyada chiqdi – ayrim smartfonlarga uni hoziroq o‘rnatsa bo‘ladi! 📱🆕

Google iyun oyida Android 11 tizimini taqdim etib, sakkizta smartfon uchun uning ilk ommaviy beta-versiyasini tarqata boshlagan edi. Bugun – 9 sentyabrga o‘tar tunda esa kompaniya ushbu operatsion tizim talqinining barqaror yakuniy versiyasini chiqardi.

O‘QING: Ushbu 63 xil Samsung smartfon va planshetlari Android 11’gacha yangilanadi!

Xabarga ko‘ra, yangi tizimni Google Pixel smartfonlarining ikkinchi avlodidan boshlab barcha vakillariga o‘rnatish mumkin. Shu jumladan, Pixel 3a/3a XL va Pixel 4a kabi modelarga ham.

Android 11 versiyasida ko‘plab yangi funksiyalar va imkoniyatlar mavjud, ulardan asosiylari sifatida hozircha quyidagilarni sanab o‘tish mumkin. Avvalo, yangi operatsion tizimda chatlarning “pufakcha”lari paydo bo‘lgan – ular vositasida o‘sha chatlarga tezkor o‘tish mumkin. Qolaversa, endi smartfon ekranidan video yozib olish imkoni paydo bo‘lgan. Undagi quvvatlanish menyusida aqlli uy tizimlarini boshqarish belgichalari ham mavjud. Tabiiyki, yangi tizimning xavfsizlik darajasi ham oshirilgan.

Interfeys yuqorisidan tortib tushiriluvchi pardacha – shtorkada ayrim bildirishnoma turlariga ustunlik berib qo‘yish mumkin. Buning evaziga o‘sha turdagi bildirishnoma kelsa, Always On Display rejimida ekranda ko‘rinadi.

Endi Android 11 tizimli barcha smartfonlar simsiz Android Auto rejimini qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ladi. Albatta, buning uchun avtomobilning o‘zi ham mazkur tizimni dasturiy ta’minot va apparat qismi darajasida qo‘llab-quvvatlashi lozim.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →