TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3933 13.1K
#smartfon #maslahat

Smartfondagi bu sozlamalarga tegmang! 📱⚙️

Smartfon sozlamalari bilan ishlashda ehtiyotkorlik zarar qilmaydi, ayniqsa, tushunmagan narsangizni o‘zgartirishga urinmang. Masalan, SIM-karta sozlamalarini bilib-bilmay o‘zgartirish aloqa va internet sifatining pasayishidan tortib, butunlay yo‘qolishigacha olib keladi, dedi “Sinergiya” universiteti axborot texnologiyalari instituti direktori Stanislav Kosarev “Praym”ga bergan intervyusida.

📍Ekspert: “Sozlamalar orqali smartfon buzilmagani bilan uning ish sifati buzilishi mumkin”.

Avvalo, telefonning SIM-kartasi sozlamalariga kirish tavsiya etilmaydi. Qilayotgan o‘zgartirishlaringiz to‘g‘riligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, mutaxassisga quloq tuting. Aks holda, noto‘g‘ri o‘zgartirishlar ovozli va internet aloqasi batamom yo‘qolishiga olib keladiki, keyin o‘z holiga qaytarish uchun ko‘p vaqtingiz ketadi. Aksariyat operatorlar SIM-karta menyusiga kiritadigan pulli xizmatlarga obuna bo‘lishda ham xuddi shunday: avval yaxshilab o‘ylab ko‘ring.

“Maxsus imkoniyatlar, masalan, ko‘rish qobiliyati past insonlar uchun rejim mavjud. Undan noto‘g‘ri foydalansangiz telefonning interfeysi o‘zgarib qoladi, bunda ham avvalgi holatiga qaytarish uchun ko‘p urinishingizga to‘g‘ri keladi”, — ogohlantirdi Kosarev.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →