TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3886 8.91K
#muvaffaqiyatli_insonlar #mulohaza_uchun

Dunyodagi eng boy insonning boyligi birinchi marotaba 200 milliarddan oshdi 📈

Har daqiqada boy odamlarning barcha aktivlari - qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk va boshqa investitsiyalar qiymatini hisobga olib boruvchi Forbes Real-Time reytingining xabar berishicha, dunyoda eng boy inson bo‘lgan Amazon asoschisining ismi dunyo yangiliklarining eng yuqori pog‘onalarida miltillab turishda davom etmoqda - Jeff Bezosning boyligi yangi rekordga erishdi va 200 milliard dollardan oshdi.

Amazon aksiyalarining ko‘tarilishi tufayli seshanba kuni Bezos 2,2 milliard dollardan oshiq mablag‘ga boyidi. U kompaniyaning 11,1 foiz aksiyalariga egalik qiladi va pandemiya boshlanganidan buyon onlayn-savdolar hajmi oshishi tufayli aksiyalarning bozor qiymati 1,6 baravar o‘sdi. Natijada, Bezos o‘nlab milliardlarga boyidi va bir yil ichida uning boyligi 86 milliard dollarga o‘sdi.

Eng boylar reytingida ikkinchi o‘rinda Microsoft asoschisi Bill Geyts (115,5 milliard dollar) turibdi, u so‘nggi 24 soat ichida 322 million dollar ishlab topdi. U uchinchi o‘rinni egallagan Bernard Arno (113,5 milliard dollar, fransuz biznesmeni, Louis Vuitton Moët Hennessy rahbari) bilan o‘rin almashdi.

Bezos ilgari ham o‘z boyligini 200 milliard dollardan oshirishi mumkin edi, ammo bunga uning rafiqasi Makkenzi Skott bilan ajralishi to‘sqinlik qildi, bu tarixdagi eng qimmat ajrim sanaladi. 2019 yil iyulda, ajrashish paytida Bezos 25 yillik turmushidan so‘ng Skottga Amazon aksiyalarining to‘rtdan bir qismini – kompaniyaning 4% aksiyalarini berdi.

Iyul oyida 116 nodavlat notijorat tashkilotiga 1,7 milliard dollar xayriya qilish to‘g‘risida qaroridan keyin Skottning boyligi 63,4 milliard dollarni tashkil etmoqda.

📝 Manba: Vesti.ru

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Djeff Bezos haqida;
• Djeff Bezosning 1999 yil Amazon ofisida olingan rasmi;
• Djeff Bezosning 2019 yil yanvar holatiga ko‘ra mablag‘i;
• Djeff Bezos turmush o‘rtog‘i bilash ajrashdi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →