TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3877 8.76K
#ict_news #security #mulohaza_uchun #internet #telegram

Messenjerlarda firibgarlik sxemalari orqali odamlarni aldash holatlari kuzatilmoqda 🕸👀

O‘zbekiston hamda MDH davlatlarida Telegram yoki WhatsApp messenjerlari orqali firibgarlar tomonidan internet foydalanuvchilari mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari kuzatilgan.

Bunda firibgarlar Google, Apple, Facebook kabi mashhur kompaniyalarning logotiplaridan foydalangan holda turli guruhlarda yangi foydali aksiyalar haqida e’lon joylashtirmoqda va ushbu e’longa zararli havola yoki yuklab olish talab qilinadigan fayllarni qo‘shib qo‘ymoqda.

Foydalanuvchi o‘zi bilmagan holda ushbu zararli faylni yuklab olishi oqibatida, uning shaxsiy ma’lumotlari, bank kartasining raqami, hisob raqami, tug‘ilgan sanasi va parollari firibgarlar ixtiyoriga o‘tib qolishi mumkin.

Shuningdek, messenjerlardagi o‘zaro muloqotlarda notanish suhbatdosh ko‘pincha xabarni boshqa tanishlarga ham yuborishni, ilova yoki emodzini yangilashni tavsiya qiladi.

Ekspertlarning qayd etishicha, xabarni boshqalarga ulashgan foydalanuvchi firibgarlikka bilib-bilmay sherik bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, bu kabi xabarlarda “fishing” saytlari manzili ko‘rsatiladi va ularga kirib qolgan foydalanuvchi zararli virusni yuklab olishi va bu uning qurilmasidagi shaxsiy ma’lumotlarning, elektron hisobidagi mablag‘larining o‘g‘irlanishiga olib kelishi mumkin.

Bunday salbiy holatlarni oldini olish maqsadida messenjerlarda mediafayllarni avtomatik ravishda yuklab olish funksiyasini o‘chirib qo‘yish, begona akkauntlardan kelgan e’lonlarga, turli yolg‘on xabarlarga ishonmaslik tavsiya qilinadi.

O‘zbekistonda ham Telegram orqali real odam nomidan qalbaki akkaunt ochib, haqiqiy profil egasining tanishlaridan pul so‘rash, ulardan moddiy yordam olishga urinish holatlari kuzatilgan. “Tanishi”dan tong saharda yoki yarim tunda og‘ir ahvolda qolgani haqida xabar olgan foydalanuvchilarga begona odamning karta raqami yuboriladi. Muammo nimada ekanini tushunmagan foydalanuvchi do‘stiga yordam qilaman deb, firibgarlarga aldanib qolishi mumkin.

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi internet foydalanuvchilaridan ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi holatlar kuzatilganida qaror chiqarishga shoshilmaslik, e’tiborli bo‘lish, messenjerlardagi akkauntlari orqali axborot almashinuvida xavfsizlik talablariga rioya qilishga chaqiradi.

📝 Manba: Gis.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →