TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3872 9.59K
#ict_news #dasturlash

JavaScript boʻyicha bepul kurslar! 💻

IT Park rezidentlari — EPAM The Rolling Scopes School bilan hamkorlikda veb ilovalarni ishlab chiqish zamonaviy texnologiyalari va yondashuvi JavaScript boʻyicha bepul onlayn-trening uchun qabul qilishni boshladi.

🗓 Kurs 6 sentabr kuni start oladi.

Trening sizga:
• HTML & CSS, JavaScript va Front-end dasturlashning boshqa qirralari bilan tanishish;
• Portfolio yaratish;
• Mentor rahbarligi ostida loyihani jamoaviy ishlab chiqish boʻyicha tajriba orttirish;
• Xalqaro professionallar uyushmasining bir qismiga aylanishda yordam beradi.

Trening doirasida:
• 22 haftalik taʼlim;
• Murakkab va qiziqarli topshiriqlar;
• Nazariy material va amaliyot;
• Mentorlar bilan oʻquv intervyulari;
• Yakka tartibdagi va jamoaviy topshiriqlar boʻladi.

Muvaffaqiyatli taʼlim natijasiga egalarga EPAM kompaniyasida tajriba oʻtash va kompaniyaning bir qismiga aylanish imkoniyatiga ega boʻladi.

Trening haqida batafsil oʻqish va roʻyxatdan oʻtish uchun havola.

Oʻzbekistondagi RS Schoolda taʼlim olish boʻyicha savollar uchun Telegram guruhga marhamat: @RSSchoolUzbekistan

📝 Manba: IT-park.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →