#ict_news
IT Park saytda yangi IT-taʼlim boʻlimini yaratdi! 👨🏻🏫🆕
IT park ulkan quvonch bilan shuni maʼlum qiladiki, it-park.uz saytida IT-taʼlimga bagʻishlangan yangi boʻlim tashkil etildi.
Mazkur boʻlimda dasturlashdan tortib bolalar uchun robototexnikagacha boʻlgan barcha kurslarni topish mumkin. Kurs roʻyxati, ularning taʼrifi, narx va boshqa barcha zarur maʼlumotlar taqdim etilgan. Endi kurslar bilan tanishib, roʻyxatdan oʻtish mumkin.
Kurslar IT Park rezidentlari, IT-Markazlar va IT-Akademiya tomonidan taqdim etiladi. Boʻlimdagi barcha darslar roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://education.it-park.uz/
Toki IT-Akademiya, IT-Markazlar va IT Park bor ekan, dasturlash borasida taʼlimni boshqa joydan izlashingizga hojat yoʻq. Turli kurslarning keng tanlovi va asosiysi, ularning shundoq koʻz oldingizda namoyonligi tanlash imkoniyatingizni osonlashtiradi. Qaysi oʻquv kursini tanlamang, adashmaysiz. Istalgan kursdan roʻyxatdan oʻting va professionallardan taʼlim oling!
IT-taʼlim boʻlimi uchun havola: https://education.it-park.uz/
🏷 Izoh: tez orada ushbu boʻlim oʻzbek va ingliz tillarida ham taqdim etiladi.
📝 Manba: IT-park.uz
👨🏻💻@itspecuz
Post #3853
7.39K