TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3759 18.5K
#telegram

Telegram’ning “Saqlangan xabarlar” (Избранное) bo‘limidan foydalanishda e’tiborli bo‘ling. 📥

Shu nom bilan nomlangan biror akkaunt sizni chalg‘itishi mumkin, ya’ni shaxsiy ma’lumotingizni “Saqlangan xabarlar” o‘rniga boshqa birovga jo‘natib yuborish ehtimoli mavjud.

1️⃣. Firibgar o‘z akkauntini “Saqlangan xabarlar” deb nomlaydi.

2️⃣. Avatariga “Saqlangan xabarlar” rasmini o‘rnatadi.

3️⃣. Jabrlanuvchiga xabar jo‘natib, darrov o‘chiradi (yozishmalarning eng tepasida qolish uchun).

4️⃣. Qalbaki yaratilgan bo‘limga biror ma’lumot saqlanishini kutadi.

📍Yechimi: chatlarda suhbatdoshning oxirgi faol bo‘lgan vaqti yozilsa, “Saqlangan xabarlar” bo‘limida bu yozuv yo‘q. Tezda farqlab olish uchun ushbu bo‘limdagi biror xabarni yuqori qismiga qadab qo‘ying.

👉🏻 O‘QING: Telegram’da “Избранное” menyusining imkoniyatlari

“Saqlangan xabarlar” (Избранное) deb nomlangan akkauntlar Telegram tomonidan o‘chirilmoqda 🚫

Yuqoriroqda ma’lumot berilgan usul bilan boshqa foydalanuvchilarni aldashga uringanlarga Telegram chora ko‘rishni boshladi.

Agarda, akkaunt “Saqlangan xabarlar” (Избранное) deb qayta nomlansa yoki yangidan yaratilsa profil o‘chiriladi.

Birov bilan “hazillashish” uchun ushbu usulni qo‘llash profilni to‘liq o‘chishiga (qayta tiklab bo‘lmaydi) ham olib kelishi mumkin.

Oldinroq, akkauntini “Telegram” nomi va avatarida samolyot rasmidan (rasmiy Telegram akkauntiga o‘xshatish) foydalanuvchilar abadiy spam taqiqini olishgan.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

👨🏻‍💻@itspecuz
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 😁 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →