TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3757 26.4K
#maslahat #smartfon

Suvga cho‘kkan smartfonni qanday qutqarish mumkin? 💦📱

Smartfonlar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi: qayerda bo‘lsak — doim yonimizda. Ishimiz ham shu bilan, ermagimiz ham shu. Smartfonning buzilib qolishi-ku, “kun kayfiyati”ni belgilab beradi... Buzilish sabablari esa ko‘p, masalan, ko‘plab elektron qurilmalar kabi smartfon ham suv bilan chiqishmaydi.

Mabodo suvga cho‘kkan smartfon hayot alomatlarini ko‘rsatmayotgan bo‘lsa, nima qilish kerak? “RIA Novosti”ning ushbu savoliga “Raqamli platformalar” notijoriy tashkilotining strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Aleksandra Gavrilova javob berdi.

“Agarda telefoningiz suvga cho‘kkan bo‘lsa, oqibatlarini yumshatishning bir nechta yo‘li bor. Birinchidan, zamonaviy telefonlarining aksariyati suv o‘tkazmaydi, suvga tushib ketgan qurilma darhol olingan bo‘lsa, omadingiz chopib, unga hech narsa qilmasligi ham mumkin. Biroq, har ehtimolga qarshi, unga bir kun dam berib, ertasiga ishlatganingiz ma’qul”, — dedi mutaxassis.

Agarda telefon suv o‘tkazuvchan va ishlamayotgan bo‘lsa, uni yoqish, tugmalarini bosish, silkitishga urinmang. “Aks holda tizim platasi va alohida qismlariga shikast yetkazib qo‘yish hech gapmas. Telefondagi ayrim qismlarni almashtirib bo‘lmaydi, ustabuzarmonlik oqibatida smartfoningizdan ayrilib qolishingiz mumkin”, — ogohlantiradi Gavrilova.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, smartfonni mustaqil quritishga urinish ayrim detallarning ishdan chiqishiga ham olib keladi. Eng oddiy ustaxonada ham smartfonni ochib, quritib, ishlatib bera olishadi, unaqa qimmat ham emas. Smartfon suvga tushib ketib ishlamay qoldimi, darhol ustaga ko‘rsating, shunda smartfonga qimmat ehtiyot qism sotib olish yoki uni butunlay yangisiga almashtirishga to‘g‘ri kelmaydi.

📝 Manba: Xabar.uz

📌 P.S.: Xo‘sh, sizda ham smartfon bilan bog‘liq shunday hodisa yuz berganmi?

👨🏻‍💻@itspecuz
  • 👍 3
  • 😱 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →