TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3740 10K
#operatsion_tizim

Windows 10 fayllari nomlarida Emoji’lardan foydalanish 🤠

Windows 10’da Emoji’lar deyarli barcha dasturlar va ilovalarda ishlaydi. Ushbu maqolada Windows 10’dagi papka va fayllarning nomlarida qanday qilib Emoji’larni qo‘llash mumkinligi haqida so‘z yuritiladi.

1️⃣. Nomi o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan fayl (papka) ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va ochilgan menyudan “Переименовать” bandini tanlang (buni obyektni tanlagan holda klaviaturadagi “F2” klavishi yordamida ham amalga oshirish mumkin).
2️⃣. Emoji’dan foydalanish uchun siz tizimga o‘rnatilgan holda keluvchi kulgichni tanlash funksiyasini “Windows” + “.”(nuqta) yoki “Windows” + “;” klavishlari birikmasi yordamida chaqirishingiz lozim.
3️⃣. Sichqoncha yordamida Emoji ro‘yxati bo‘ylab o‘ting yoki kerakli kulgichni topish uchun qidiruvga kalit so‘zlarini kiriting.
4️⃣. Fayl (papka) nomini kiriting va kerakli Emoji’ni qo‘llang.
5️⃣. Qayta nomlashni tasdiqlash uchun “Enter”ni bosing.

📍Agar ilova Unicode’ni qo‘llab-quvvatlamasa Emoji’lar ishlamaydi. Fayl nomida Emoji’ni qo‘llash simvol yoki boshqa tildagi biror belgidan foydalanish bilan monanddir.

👨🏻‍💻@itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →