TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3737 9.6K
#mulohaza_uchun #smartfon

Xorijda smartfonni tarozida tortib ko‘rishadi. Nega siz ham shunday qilishingiz kerak? 📱⚖️

Dunyoning ayrim mamlakatlaridagi supermarketlarda xaridorlar o‘z smartfonlarini taroziga qo‘yib tekshirib ko‘rishadi. Xo‘sh, bu bilan ular nimani aniqlashtirmoqchi bo‘lishadi?

Yoshi kattalar yaxshi bilishadi – bir zamonlar pallali tarozilar, tarozi toshlari ko‘p qo‘llanar edi. O‘shanda ayrim insofsiz sotuvchilar vaznidan urib qolish uchun tarozining sozlamalarini sal o‘zgartirib yoki toshning ichini o‘yib qo‘yishar edi.

Hozir esa unaqa tarozi kam – hamma yerda, hatto dehqon bozorlarida ham asosan elektron tarozilar qo‘llanmoqda. Lekin aynan ularning sozlamalarini hamma narsani asl vaznidan og‘irroq ko‘rsatadigan qilib o‘zgartirib qo‘yish yanada oson.

Xo‘sh, tarozining to‘g‘ri ishlayotganini qanday aniqlash mumkin? Tabiiyki, vazni oldindan aniq bo‘lgan biror buyumni unda tortib ko‘rish – eng maqbul usuli. Hamisha yonimizda bo‘ladigan shunday buyumlardan biri esa aynan smartfon hisoblanadi. Faqat uning aniq vaznini bilib qo‘ysangiz bas – do‘konda yo bozorda tarozining to‘g‘ri ishlayotganini shu usulda aniqlab olaverasiz!

Xo‘sh, siz-chi, smartfoningiz qancha tosh bosishini bilasizmi o‘zi? 😉

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻@itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →