TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3735 10.9K
#word #rasm_bilan_ishlash

Microsoft Word’da hujjat tarkibidagi rasmlar hajmini siqish 🏞🗜

Agar siz birgalikda foydalanishni soddalashtirish yoki diskdagi makonni iqtisod qilish maqsadida, Microsoft Word hujjati faylining hajmini kichraytirishni istasangiz, unda uning tarkibidagi rasmlarni siqishingiz mumkin.

1️⃣. Tarkibida rasmlar keltirilgan Word hujjatini oching.
2️⃣. Kerakli rasm ustiga bosib, uni faollashtiring.
3️⃣. Menyu satrining o‘ng chetki qismida rasm uchun faollashgan “Формат” bo‘limiga o‘ting.
4️⃣ “Изменить” guruhidagi “Сжать рисунки” tugmachasi ustiga bosing.
5️⃣. Oyna ochiladi. “Параметры сжатия” bo‘limiga ahamiyat bering.
6️⃣. Agar hujjat tarkibidagi barcha rasmlarni siqishni istasangiz “Применить только к этому рисунку” qarshisidan qushcha belgisini olib tashlang.
7️⃣. “Разрешение” bo‘limida rasmning sifatini tanlang.
8️⃣. “ОК”ni bosib kiritilgan o‘zgartirishlarni tasdiqlang.

📌 P.S.: Microsoft Word’ning o‘rnatilgan versiyasiga qarab, ba’zi bandlarning nomlanishi biroz farq qilishi mumkin. Ushbu ko‘rsatma Word 2016 asosida keltirildi.

👨🏻‍💻@itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →