TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3712 10.3K
#bilasizmi #tarmoq #internet

📍 IP-manzil nima va u qanday ishlaydi?

Internet protokoli (IP) manzili — bu internetda kompyuter yoki telefon kabi qurilmalarni ifodalab, xuddi telefon raqamga o‘xshaydi. Agar telefoningizning IP-manzilini bilsangiz, uning qayerda ekanligini aniqlashingiz mumkin. Ammo internet provayderidan olinadigan ma’lumotsiz aniq bir geografik joylashuvni IP-manzil orqali aniqlash imkonsiz.

IP-manzil ma’lumoti qanday ishlaydi?

Kompyuterlar internet orqali bir-biri bilan bog‘langanda, ular raqamli kodlardan foydalangan holda raqamli xabarlarni jo‘natish va qabul qilish amallarini bajaradi. Hozirda foydalanilayotgan IP-manzillarning eng ko‘p uchraydigan turlari, odatda, nuqtalar bilan ajratilgan to‘rtta raqam orqali ifodalanadi, masalan, 127.0.0.1 kabi. Bu maxsus IP-manzil bo‘lib, undan qurilmalarni test qilish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

Internet provayderlardagi kompyuterlar va boshqa qurilmalar, masalan, uy, ofis routerlari kabi qurilmalar IP-manzilga ko‘ra xabarlar almashadi.

Odatda, IP-manzilni internet servis provayderi (ISP) taqdim etadi. ISP tarmoqdagi mobil qurilmalarni tarmoqqa ulovchi tashkilot hisoblanadi.

O‘xshash IP-manzillarni klasterlash axborot almashinuvini soddalashtiradi, shuning uchun, tarmoqqa ulangan qurilma IP-manzilidan o‘sha qurilma qayerda joylashganini taxminan aniqlash mumkin bo‘ladi. Kompaniya tarmog‘ida IP-manzil ma’lumoti bilan ma’lum bir kompyuter ofisning qayerida joylashganini bilib olishingiz mumkin. Xuddi shu singari, internet provayder tarmog‘ida, bu ma’lumot kompyuterning geografik joylashuvini aniqlab bera oladi.

IP-manzil qanday topiladi?

Ma’lum bir IP-manzilni qaysi ISP taqdim qilganini aniqlay oladigan bir qator ma’lumotlar bazalari mavjud. Ushbu bazalar, shuningdek, ma’lum IP-manzildan foydalanayotgan kompyuter taxmiman qayerda joylashganini aniqlay oladi. Ba’zi kompaniyalar bu ma’lumotlardan foydalanib, ma’lum hudud/mamlakat aholisiga maqsadli reklamalar taqdim qila olishi yoki o‘sha hududda amalda bo‘lgan tilda xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Bu turdagi ma’lumotlarni bepul beradigan bir nechta IP-manzil kuzatuv ma’lumotlar bazalari mavjud. Buning uchun ma’lumotlar bazasidagi qidiruv bo‘limiga IP-manzilni kiriting va qanday geografik ma’lumot mavjud ekanligini bilib oling.

IP-manzilni kuzatishda cheklovlar

Agar siz internet provayderning ichki ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniga ega bo‘lmasangiz, aksariyat hollarda IP-manzil yordamida kimningdir joylashuvini aniq-tiniq bila olmaysiz. Ba’zi hollarda odamlar IP-manzil xaritalash ma’lumotidan biror shaxsni jinoyatda ayblash va boshqa bir nomaqbul ishlarni olib borishadi. Bunda ular aniqlagan xaritalash ma’lumotlari noto‘gri bo‘lib, ko‘pincha aybsiz odamlarga duch kelishadi.

Agar sizdagi IP-manzil haqiqatan jinoyatga qo‘l urgan shaxsniki bo‘lsa, vaziyatni sinchkovlik bilan o‘rganing va mahalliy politsiya yoki advokatga murojaat qiling. Mutasaddilar internet provayderdan qonuniy ravishda IP-manzil haqida ma’lumot olib, vaziyatga oydinlik kiritish uchun sizga yordam berishadi.

Notog‘ri IP-manzil ma’lumotidan ehtiyot bo‘ling

Muayyan hududda joylashgan IP-manzillardan ushbu joyda bo‘lmagan kishi foydalanishi mumkin. Bunga virtual maxfiy tarmoq (VPN) yordamida tarmoqni boshqa serverga yo‘naltirish orqali erishiladi. Xakerlar ham IP-maznilini o‘zgartirib ish qiladi. Bunday hollarda IP-manzilning geografik joylashuvini aniq topgan bo‘lsangiz ham, u manzildan foydalanayotgan odam, aslida, ming-minglab kilometr masofada bo‘lishi mumkin.

📝 Mirzohidbek @terabaytuz

📌 P.S. IP-manzil haqidagi ushbu maqolani ham o‘qib ko‘rishingizni tavsiya etamiz.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 2
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →