TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3679 4.54K
#maslahat #bilasizmi #hardware

LCD-televizor va monitor ekranidagi dog‘larni oson ketkazishning eng arzon usuli 🖥

Uyingiz yoki ishxonangizdagi televizorning ekranini va kompyuteringizning monitorini tozalashda odatdagi tozalovchi vositalarni umuman ishlatmaslik kerak. Xususan, suyuq kristalli ekranlarga ularning tarkibidagi ammiak moddasi zarar yetkazadi.

Ekrandagi changni yoki barmoq izini shunchaki yumshoq quruq latta bilan ham tozalasa bo‘ladi, ammo jiddiy dog‘lar bo‘lsa-chi? Buning uchun mutaxassislar maxsus qo‘lbola aralashma tayyorlashni tavsiya etishadi. Uning yordamida hatto markerda chizilgan izlarni ham ketkazsa bo‘ladi, eng asosiysi – u juda arzonga tushadi.

Ushbu “mo‘jizaviy” aralashmani tayyorlash uchun bizga oddiy distillangan suv hamda izopropil spirti (izopropanol) kerak bo‘ladi. Bunday spirtni dorixonalar yoki xo‘jalik mollari do‘konlaridan topish mumkin.

❗️DIQQAT! Izopropanol o‘rniga boshqa (etil spirti, aseton, toluol, etil kislota, ammiak yoki metilxlorid kabi) moddalarni qo‘llab bo‘lmaydi. Shuningdek, oyna yuvish vositalarini ham ishlatmaganingiz ma’qul – ularning tarkibida ammiak bo‘ladi.

Demak, distillangan suv va izopropanolni teng miqdorda aralashtirib olamiz. Keyin mayin (lekin paxmoq bo‘lmagan) matodan qilingan toza lattani unga bo‘ktirib olib, siqib tashlaymiz. Shunday ho‘l latta bilan LCD-ekranlarni qattiq bosmasdan, yengil harakatlar yordamida artsa bo‘ladi. Ushbu aralashma displeyni yarqiratishi bilan birga, unga zarar yetkazmaydi ham.

‼️YODDA TUTING! Mazkur aralashma bilan artishdan avval televizor yoki monitorni elektr tarmog‘idan uzish, agar qizib turgan bo‘lsa, sovigunicha kutish kerak bo‘ladi. So‘ng esa dastlab oddiy quruq latta yordamida uning changini olamiz, keyin esa aralashmaga bo‘ktirib, siqib olingan latta bilan artamiz. Tozalash ishlarini tugatgach, ekranning o‘zi qurishini kutamiz va butkul quriganidan keyingina yoqamiz.

📝Manba: @terabaytuz

👨🏻‍💻@itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →